Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

106
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
2. Muayyan faoliyat uchun maxsus tuzilgan ko‘p sonli davlat organla-
rining (masalan, moliya vazirligi, xalq ta’limi vazirligi, prokuratura organ-
larining) funksiyalaridan farqli o‘laroq, davlat funksiyalari uning faoliyatini 
butunlay qamrab oladi. Biroq, bu hol muayyan davlat funksiyalarini amalga 
oshiruvchi ayrim organlarning ahamiyatini kamaytirmaydi, chunki mazkur or-
ganlar ba’zida davlatning asosiy vazifalarini hal qilishda yetakchi rol o‘ynaydi. 
Davlat funksiyalarini uning ayrim organlari funksiyalaridan farqlash lozim. 
Agar davlat funksiyalari u amalga oshiradigan faoliyatning asosiy, ijtimoiy aha-
miyatga molik, butun davlat apparatining ishi bo‘ysundirilgan yo‘nalishlariga 
javob bersa, ayrim davlat organlarining funksiyalari hamisha ham davlatning 
ijtimoiy vazifalari va mohiyatini ifoda etavermaydi. 
3. Davlat funksiyalari kompleks, umumiy tusga ega. Ularda davlatning 
ichki va tashqi faoliyatidagi hal qiluvchi, hayotiy muhim yo‘nalishlarga qaratil-
gan sa’y-harakatlari qamrab olinadi. 
4. Davlat funksiyalarini maxsus vakolatli organlar yoki turli davlat or-
ganlarining tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat faoli-
yatidan farqlash ham zarur. Masalan, jinoyat ishlarini tergov qilish, bojxona 
nazoratini amalga oshirish davlat faoliyatining turlari jumlasiga kiradi. Bu 
faoliyatlar maxsus tashkil etilgan maxsus davlat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi.
5. Davlat funksiyalari bu funksiyalarni ro‘yobga chiqarishning shakllari 
va uslublari bilan aynan bir narsa emas. Huquq ijodkorligi, ijroiya-farmoyish 
berish va huquqni muhofaza qilish faoliyati – hozirgi zamon davlati funksiyala-
rini amalga oshirishning asosiy huquqiy shakllari hisoblanadi. Davlat taraqqi-
yotning u yoki bu bosqichida o‘z oldida turgan vazifalarga muvofiq ishontirish, 
rag‘batlantirish yoki majbur etishning turli vositalaridan foydalanishi mumkin. 
Davlatning aniq funksiyasi esa, davlat hokimiyatini amalga oshirishning maz-
muni, shakli va uslublari davlat faoliyatining muayyan yo‘nalishi bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Davlat funksiyalari o‘z mohiyat-e’tiboriga ko‘ra obyektiv xususiyatga ega. 
Uning har bir funksiyasi jamiyat va davlat o‘zaro hamkorligining, munosa-
batlarining zaruriy, qonuniy hosilasi sifatida maydonga chiqadi. Shu bois u 
yoki funksiyani bajarish yoki bajarmaslik davlatning ixtiyoriy xohishiga bog‘liq 
emas. Masalan, davlat o‘zining huquqni muhofaza etish, huquqiy tartibotni 
ta’minlash funksiyasini bajarmasa, jamiyat hayotida tartibsizliklar va boshqa 
salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Bunday nobarqarorliklar ba’zan davlat 
tanazzuliga ham olib kelishi mumkin. Davlatning obyektiv tabiatli funksiyalari 
jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda ular to‘la hajm va samara 
bilan amalga oshishiga umid qilish mumkin.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling