Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

95
IV bob.
 Davlatning
shakllari
subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, federatsiya 
subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradi-
lar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, 
konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim 
asosida birlashadi.
Konfederatsiya muvaqqat, beqaror tuzilma. Odatda, u mustaqil davlatlarning 
federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo‘linib 
ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveysariya 1815–1848-yillarda 
federatsiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani bir-
lashtirishga urinishdan so‘ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. 
Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatning kuchsizligi 
uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat 
suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari – mustaqil armiya, fuqarolik, qo-
nunchilik, sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo‘q 
yoki ular bo‘lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega. Konfederatsiya 
tarkibidan xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega. 
Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil 
davlatlarning ittifoqi;
2) barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;
3) yagona hududning bo‘lmasligi;
4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;
5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik 
huquqiga egaligi;
7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish 
kirishi;
8) konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa itti-
foqi davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevro-
pa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisi-
ning qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz 
berdi. «Breksit» – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga 
cho‘zilishi, London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirga-
cha ta’kidlanmoqda. Yevroittifoqning boshqa a’zo-davlatlari orasida ham Buyuk 
Britaniyadan ibrat olishni o‘ylayotganlari bor. Chamasi, Yevropa Ittifoqi jiddiy 
islohotlarga muhtoj bo‘lib qoldi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling