Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

96
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat shaklining asosiy elementlari-
dan biri siyosiy rejim (tartib)dir. Yurispruden-
siyada siyosiy rejim iborasi «siyosiy tartib», 
«davlat rejimi» yoki «davlat tartibi» kabi shaklan har xil, ammo mazmu-
nan bir xil bo‘lgan tushunchalar bilan ifodalanadi. 
«Siyosiy rejim» tushun-
chasi yuridik adabiyotda XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan bo‘lib, olimlar 
o‘rtasidagi turli xil tortishuv, bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Bir guruh 
olimlar siyosiy rejim davlat shaklining sinonimi deb e’tirof etsalar, ikkinchi 
guruh olimlar esa uni davlat shakli tarkibiga kirmaydi, deb ta’kidlaganlar.
«Siyosiy rejim» tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng 
ma’nodagi yondashuvda siyosiy rejim barcha siyosiy hayot, umuman jami-
yat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishi va tartibi tushuniladi. Tor 
ma’nodagi yondashuvda esa, siyosiy rejim faqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini 
ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq hodisalar va usullarning namoyon bo‘lishi 
tarzida talqin etiladi.
Siyosiy rejim 
– davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan 
tartib va usullar yig‘indisi. Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o‘ziga xos 
xususiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon 
bo‘ladi. Muayyan davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o‘ziga xos 
mezonlar, ya’ni, davlat hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo‘llar 
va qanday usullar orqali amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning 
o‘zaro munosabatlari, jamoat tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi 
mavqei qay darajadaligi bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat o‘z hokimiyatini 
amalga oshirish jarayonida aholining manfatlari uchun xizmat qilishiga qarab 
siyosiy rejim 
nodemokratik va demokratik turlarga bo‘linadi.
Nodemokratik rejim yuridik fanda g‘ayridemokratik, aksildemokratik va 
antidemokratik kabi iboralar tarzida qo‘llaniladi. Demoratik rejimdan farqli 
o‘laroq, nodemoratik rejim demokratiyaga xos prinsip va qoidalarni tan 
olmaydi, aksincha ularni inkor etadi.
Davlatning siyosiy rejimi tarkibida nodemokratik rejimning o‘ziga xos 
turlari mavjud bo‘lib, ular 
totalitar, fashistik va avtokratik shakllarda namoyon 
bo‘ladi.
Totalitar rejim usuliga fashistik davlatlar va «shaxsga sig‘inish» davri-
dagi sotsialistik davlat misol bo‘ladi. Ushbu rejim ko‘ppartiyaviylik tizimini 
rad etgan holda, faqat bir hukmron partiyaning mavjudligiga yo‘l qo‘yadi va 
mazkur partiya jamiyatning yetakchi kuchi deb e’lon qilinadi, uning qoidalari 
muqaddas aqidalardek qabul qilinadi. Hukmron partiya davlat boshqaruvini 
jilovlab turadi hamda partiya va davlat organlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi 
sodir bo‘ladi. Siyosiy hukmron partiya rahbari siyosiy lider bo‘lib, u davlat 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling