Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita
ishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum) ni amalga oshirish mumkin. Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: – fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi; – davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi; – vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi; – siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘rnatilganligi; – hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o‘rtasida taqsimlanganligi; – davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi; – huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to‘la asoslanganligi; – jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi; – siyosiy partiyalarning muxolifatda bo‘lish erkinligi ta’minlanganligi; – siyosiy plyuralizmning qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o‘z manfaat (fikr) larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi; – fuqarolik jamiyatining shakllanganligi. Demokratik siyosiy rejim doirasida liberal yoki liberal-demokratik rejim turlari farqlanadi. Liberal rejimda davlat hokimiyati saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi, hokimiyatning taqsimlanishi amal qiladi hamda shaxs bilan davlat o‘rtasidagi nisbatda ustuvorlik shaxs tomonida bo‘ladi. Liberal rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, inson o‘z mulki, huquq va erkinliklariga ega bo‘ladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil, siyosiy erkin harakat qiladi hamda so‘z, fikr almashish va mulk shakllari erkinligi e’lon qilinadi. Liberal-demokratik rejimda barcha odamlarning tengligi va ozodli- gi e’tirof etilib, davlatni boshqarishda xalqning keng ishtiroki ta’minlanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining iqtisodiy asoslari kafolatlanadi. Shuning- dek, jamiyat ishlarini boshqarish va huquqiy normalarni yaratishda xalq yal- pi ravishda ishtirok etadi hamda ijro organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, dav- latni boshqarishda prezidentlik instituti joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv shakli bo‘yicha prezidentlik respublikasi shaklidagi davlat, tuzilish shakli bo‘yicha oddiy – unitar davlatdir, siyosiy rejimiga ko‘ra, demokratik tar- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling