Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Cheklangan monarxiyada mutlaq monarxiyadan farqli ravishda monarx 
hokimiyatining vakolatlari konstitutsiya va qonun asosida yoki davlatning bi-
ron-bir vakolatli idorasi tomonidan cheklangan bo‘ladi. Cheklangan monarxiya, 
o‘z navbatida, 
dualistik va parlamentar turlarga bo‘linadi. 
Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Nepal 
kabi davlatlar kiradi. 
Dualistik monarxiyada hokimiyat monarx va parlament 
o‘rtasida bo‘linadi. Lekin bu bo‘linish noteng bo‘lib, unda monarx hokimiyati 
cheklangan bo‘lsa-da, parlament qabul qiladigan birorta ham qonun monarx 
roziligisiz kuchga kirmaydi. Ijro hokimiyati esa to‘laligicha monarx va u tayin-
laydigan hukumat qo‘lida jamlanadi. Boshqaruvning bunday shakli XIX asr va 


87
IV bob.
 Davlatning
shakllari
XX asrning boshlarida ancha keng tarqalgan edi (jumladan, Germaniya bir-
lashtirilgandan keyin 1871-yilda qabul qilingan Konstitutsiya bo‘yicha shunday 
boshqaruv shakllangan edi). Bugun rivojlangan G‘arb mamlakatlarida boshqa-
ruvning bunday shakli mavjud emas. Faqat Lixtenshteyn bundan mustasno 
bo‘lib, 1921-yilgi Konstitutsiyaga bu yerda 2003-yilda o‘zgartirishlar kiritilgan. 
Yaqin Sharqning bir necha mamlakatlarida, masalan, Iordaniya va Marokashda 
esa, dualistik monarxiya hali ham mavjud.
Dualistik monarxiyalarda saylanadigan vakillik organi – parlament (har 
bir davlatda turlicha nomlanadi, masalan, Iordaniyada «majlis») faoliyat yurita-
di. U qonunlar qabul qilish va budjetni ma’qullash huquqiga ega.
Monarx tomonidan tayinlanadigan hukumat faqat uning oldida javobgar 
sanaladi. Hukumatning parlament oldida mas’ulligi, javobgarligi instituti 
dualistik monarxiyalarda mavjud bo‘lmaydi. Monarx parlamentni tarqatib 
yuborish, favqulodda dekretlar chiqarish va mamlakatda favqulodda holat e’lon 
qilish huquqiga ega. U qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondonidir.
Dualistik monarxiya mutlaq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga 
o‘tishda oraliq, o‘tish shakli bo‘lib, hukmdor bilan bir qatorda, mutlaq monar-
xiya uchun xos bo‘lmagan boshqa oliy davlat hokimiyat organlari – parlament 
va hukumatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Amaldagi va yuridik hokimi-
yat monarx tuzadigan hukumat va qonun chiqaruvchi idora hisoblangan parla-
ment o‘rtasida bo‘linadi. 
Dualistik monarxiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, parlament 
(yoki uning bir palatasi) va hukumat a’zolari hukmdor tomonidan tayinlanadi 
va uning oldida shaxsan javobgar bo‘ladi. Ushbu monarxiya shaklida davlat 
boshlig‘ining vakolatlari qisman cheklangan bo‘lsada, ammo u aslida davlat 
boshlig‘i funksiyasini amalga oshiradi. Hukumatni tuzish parlamentning parti-
yaviy tarkibiga bog‘liq emas.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling