Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

82
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini 
bosib o‘tdi, shu davr ichida u shakllanib
rivojlanib, o‘zgarib keldi. Tabiiyki, davlat insoni-
yat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga ega bo‘lgan. Davlatni 
uning shakli nuqtayi nazaridan o‘rganish – avvalo, davlat tuzilishi, uning 
asosiy tarkibiy qismlari va ichki strukturasini, shuningdek davlat hokimiyatini 
o‘rnatish va amalga oshirishning asosiy usullarini anglashni nazarda tutadi. 
Aholi hayot tarzini yaxshilash maqsadida turli xil inqilobiy o‘zgarishlar, 
hatto fuqarolik urushlari yoki qo‘zg‘olonlar asosida davlat to‘ntarishlari o‘tkazib, 
o‘ziga qulay bo‘lgan davlat shaklini yaratishga intiladi. Jamiyatning rivojlanishi 
va aholi ongining o‘sishi natijasida davlat shakllari o‘zgarib turadi va takomil-
lashib boradi, bu haqda tarix jonli guvohlik beradi.
Davlatning shakllari muayyan tarixiy sharoitlarga, jamiyatning ijtimoiy 
tuzumiga, jug‘rofiy, iqlim va boshqa sharoitlariga, aholining ijtimoiy tarkibiga
siyosiy kuchlar nisbatiga bog‘liq ravishda turli-tuman bo‘lishi mumkin. Zero, 
«har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy 
taraqqiyotining hosilasidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining 
natijasidir»
1
.
Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga 
ega. Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti 
sifatida, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri bo‘lib, 
uning ma’nosini anglash va izohlashga jiddiy yondashuv talab etiladi. Ushbu 
fikrning tasdig‘i sifatida huquqshunos olim I. Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi: 
«Davlat shakli – murakkab va g‘oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik 
va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli 
xalqlar hayotiga daxlsiz bo‘lgan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» 
ham emas, balki hayot tarzi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir»
2
.
Xalq o‘z hayot tarzini tushunishi, aynan «shunday» tashkil etilishini ud-
dalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy 

Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 6-bet.

Ильин И.А. О государственной форме // «Сов.гос. и право», 1991. №11. – 135-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling