Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patriarxal nazariya.
55
II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi do‘stlik, yaxshilik, adolat g‘oyalari bilan birga jinoyat va jazo, tabiatni muhofa- za qilishga tegishli ko‘pdan-ko‘p, bugun ham ibratli qoida(norma)lar mavjuddir. Islom ta’limotiga kelganda shuni aytish kerakki, bu din yosh din bo‘lganligi sababli uning qonun va qoidalari (Qur’on, Hadis) falsafiy, huquqiy fikrlar ilohiy ta’limotlar asosida inson hayotining turli sohalari va qirralarini tartibga soladi. Insonning paydo bo‘lishi va uning yashash, turmush qoidalari; inson va Alloh, inson va payg‘ambar, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar; inson bilan inson o‘rtasidagi munosabat ibratli tarzda izohlanadi. Jamiyat hayotida davlat tartibining o‘rnatilishi, ayniqsa qonunchilikka rioya qilish to‘g‘risidagi juda ko‘p fikr va mulohazalar bitilgan 1 . Bu ta’limotda Oliy hokimiyat egasi Alloh ekanligi ham sunniy va ham shialik mazhabida yakdillik bilan tan olingan. Insonlar orasida hokimiyat kimga topshirilishi to‘g‘risida mazhablar turlicha yondashadilar. Sunniylik mazhabiga ko‘ra, islom davlatida hokimiyat jamoaga berilgan. Yerda Alloh nomidan oliy hokimiyat jamoa tomonidan amalga oshiriladi va u Allohning Oliy va tanho hukmronligi ifodasi sifatida ro‘yobga chiqadi. Jamoaning suveren huquqlari hukmdorni saylab qo‘yishida namoyon bo‘ladi va hukmdor jamoa nomidan ho- kimiyatni amalga oshiradi. Shialik mazhabi ta’limotida esa, suverenitet faqat Allohga tegishli ekanligi va uning nomidan imom yakkaboshchilik asosida davlat hokimiyatini amalga oshirishi hamda jamoa irodasi bilan hech qanday bog‘liq emasligi ta’kidlanadi. Imom mutloq, ilohiy hokimiyatga ega bo‘lib, u jamoadan ustun turadi. Uning shaxsi muqaddas hisoblanadi 2 . Patriarxal nazariya. Bu nazariya qadimgi Sharqda ham, Yevropada ham o‘z targ‘ibotchilari va asoschilariga ega edi. Xitoyda – Konfutsiy (er.av. VI–V asrlar), Qadimgi Yunonistonda – Aflotun, Arastu (er.av. 384–322-y.y.) va boshqalar. Aflotun «Davlat» nomli asarida davlat oiladan o‘sib chiqqanini asoslashga urinadi. Arastuning ta’kidlashicha, davlat hokimiyati – ibtidoiy oiladagi ota hukmronligining davomi. Oilalar sonining o‘sib borishi natijasida davlat tuzil- masi paydo bo‘ladi; ijtimoiy mavjudod bo‘lgan odamlar birlashishga intilib, patriarxal oilani tashkil etadi, deydi. Demak, davlat hamda huquq oila hukm- dori – otaning irodasi namoyishidir. O‘rta asrlarda Angliyada absolyutizm mustahkamlanishini yoqlab chiqqan R. Filmer o‘zining «Patriarxiya, yoki qirollarning tabiiy hukmdorlik huquqini hi- moyalash» (1642-y.) nomli asarida patriarxal nazariyaga tayanib, dastlab Xudo insoniyat naslining otasi va uning hukmdori – Odam Atoga qirollik hokimi- 1 Qarang. Davlat va huquq nazariyasi. Professorlar H. Boboyev va Х. Оdilqoriyevlarning tahriri ostida. – T., 2000. – 60–61-betlar. 2 O‘sha joyda, 46–47-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling