Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy (teologik) nazariya.
Davlat va huquq-
ning kelib chiqi- shi haqidagi nazariyalarning plyuralligi 4-§. 53 II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi Davlat va huquqning kelib chiqishi jarayonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi xilma-xil nazariyalar yaratilgan. Bunda mualliflar davlatning kelib chiqish sababini, manbayini xudolardan, insonlar irodasidan, tabiiy va biologik hodisa- lardan izlaydilar. Shunday nazariyalarning ba’zi mashhur, e’tiborga molik tur- lariga to‘xtalib o‘tamiz. Diniy (teologik) nazariya. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqi- dagi ushbu nazariyaning asoschilaridan biri o‘rta asr sxolastikasining yirik namoyondasi Foma Akvinskiy edi. Keyinchalik bu neotomistik nazariyani J. Mariten, F. Lebyuff, D. Eyve, Kost-Flore va boshqalar davom ettirdilar. Sharq mutafakkirlaridan Al-Mavardi (X–XI asrlar), Ibn Rushd (1126-1198), Ibn Xaldun (1332-1406) va boshqalar ham teologik nazariya tarafdorlari bo‘lganlar. Teologiya – Xudo haqidagi ta’limotdir. Bu ta’limotga ko‘ra barcha narsaning, shuningdek davlat va huquqning ibtidosi xudo demakdir. Nazariyotchilar dav- lat va huquq xudoning amri-irodasi bilan paydo bo‘lgan, ularning yaratilishini insonlarning ruhiyatiga «taqdiri azal»ning o‘zi jo etgan deb da’vo qiladilar. Bu bilan davlat va huquq muqaddaslashtiriladi. Davlat va huquqning ilohiylashtirili- shi hamda daxlsizlashtirilishi hamda ekspluatatorlarning, shu jumladan, bur- juaziyaning manfaatlariga mos tushadi. Davlat hokimiyati hamisha mavjud bo‘lgan va hamisha mavjud bo‘ladi, uning irodasiga so‘zsiz itoat etish, lozim deb targ‘ib qilinadi. Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati azaldan odamlar orasida yashagan xudolarga, keyinchalik fir’avnlarga tegishli hisoblangan. Masalan, Ma-at ma’budasi qonunlar, odil sudlov, adolat timsoli deb qaralgan. Qadimgi Bobilda mashhur bo‘lgan Xammurapi qonunlarida xudolar «qoraboshlilar» ustidan hukmdorlik qilish uchun Xammurapini tanlaganligini uqtiriladi. Ushbu manbada quyidagi satrlar bor: Anunnaklar 1 podshosi baland Anum 2 hamda osmon va yer hukmdori, mamlakat taqdirini belgilovchi Ellil Eaning birinchi o‘g‘li Marduqqa barcha insonlar ustidan hukmronlikni belgi- laganida, uni igiglar orasida buyuk qildilar. Bobilni uning buyuk nomi bilan atadilar, dunyo qismlari orasida uni qudratli qildilar va unda boqiy podsholikni tasdiqladilar, uning asosini yer va osmon kabi mustahkam qildilar. Shunda meni – g‘amxo‘r hukmdorni, xudodan qo‘rquvchi Xammurapini mamlakatda adolat nur sochishi uchun, jinoyatchilik va yovuzlikni yo‘qotish uchun, kuchli zaifni ezmasligi uchun, Shamash singari qora boshlilar ustidan ko‘tarilish va 1 Аnunnaklar – barcha хudolarni anglatuvchi so‘z, ayrim hollarda yer va yer osti хudolarini anglatadi. 2 Аnum – osmon хudosi, хudolar «otasi» va boshlig‘i, shumer-akkad panteonining maqom jihatidan oliy хudosi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling