Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
49
II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi Davlat urug‘doshlik tuzumidagi ijtimoiy hokimiyatdan quyidagi xarak- terli belgilari bilan farq qiladi: birinchidan, davlat fuqarolarning hududiy bo‘linishiga qarab ajralishidan iborat bo‘lib, urug‘doshlik tuzumida qon-qardoshlik aloqalari tufayli hududga bog‘liq bo‘lmagan urug‘doshlik ittifoqlari bo‘lgan. Bu urug‘doshlik ittifoqlari buzilgan, grajdanlar o‘zlarining ijtimoiy huquq va burchlarini qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanliklaridan qat’i nazar, yashagan joylariga qarab amalga oshira boshlaydilar; ikkinchidan, davlat urug‘chilik tashkilotidan endi aholi bilan sig‘isha ol- maydigan ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni 1 ta’sis etish bilan farq qiladi, u aholidan ajralgan bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan faqat hukmron sinfga xizmat qiladi. Ijtimoiy hokimiyat qurollangan kishilarning maxsus otryadi, armiya, politsi- yadan, turma va har xil majbur etish muassasalari singari zo‘rlash apparatidan iborat. Bularning hammasi urug‘doshlik tuzumiga begona va noma’lum edi. Ijtimoiy hokimiyat davlat ichida ziddiyat keskinlashgan sari va qo‘shni davlat kattalashib, aholi soni jihatidan ko‘payib borgan sari kuchayaveradi. Ijtimoiy hokimiyatga ichki omillargina emas, shu bilan birga tashqi siyosiy omillar (bosib olinish xavfi va hokazolar) ham ta’sir etadi; uchinchidan, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni saqlash uchun fuqarolarning vznoslari – soliqlar va qarzlar zarur. Davlat amaldorlari ijtimoiy hokimiyatga va soliqlar undirish huquqiga ega bo‘lib, jamiyat organlari sifatida jamiyat ustidan turadilar. Ularning ho- kimiyati endi obro‘-e’tiborga, jamiyat a’zolarining izzat-hurmatiga emas, balki kuchga tayanadi. Maxsus qonunlar ularning manfaatlarini qo‘riqlab, muqaddas va daxlsiz darajaga ko‘taradi. Ibtidoiy jamoa tuzumining barbod bo‘lishi va davlatning paydo bo‘lishi turli xalqlarda ular hayotining ichki va tashqi muayyan sharoitlariga qarab turlicha sodir bo‘lgan. Davlatning kelib chiqish umumiy prinsiplari aniq tarixiy sharoitlarda har xil bo‘lgan. Davlat qisman urug‘doshlik tuzumini o‘zgartirib, qisman u tu- zumga yangi organlar kirib, eskisini surib chiqarish, davlat hokimiyatining chinakam organlari bilan to‘la almashtirish yo‘li bilan vujudga kelgan. Demak, davlat aslo jamiyatga tashqaridan zo‘rlab kiritilgan kuch emas. Davlat – taraqqiyotning ma’lum bosqichiga chiqqan jamiyatning mahsulidir, davlat bu jamiyatning o‘ziga o‘zi zid kelib, hal qilib bo‘lmaydigan ziddiyat- 1 Ijtimoiy-siyosiy hokimiyat urug‘chilik tuzumidagi ijtimoiy hokimiyatdan farq qiladi. F. Engelsning «Оila, хususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» asarining ruscha nashrida ibtidoiy-jamoa tuzumi davridagi ijtimoiy hokimiyat «общественная власть» deb, siyosiy mazmundagi davlat hokimiyati esa «публичная власть» deb yozilgan. Qo‘llanmada «ijtimoiy-siyosiy hokimiyat» iborasi davlat hokimiyati, siyosiy hokimiyat ma’nosida ishlatilmoqda. 4–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling