Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
47
II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi Qadimgi kishilik jamiyatining «oltin davri» bo‘lmish ibtidoiy tuzum o‘z intihosiga yuz tuta boshladi. Bu tuzum o‘zining tabiiy yemirilish pallasiga kirdi. O‘zlashtiruvchi iqtisodiyotdan ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot- ga o‘tilishi insoniyat hayotining barcha sohalarida muhim sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Yangi tosh asri (neolit) davrida moddiy ne’matlar yaratishning yangi manbalari paydo bo‘lishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat qilish qurol- vositalarining takomillashuvi, insonlarda tajriba va malakaning ortishi nati- jasida jamiyatni uyushtirish va boshqarishning urug‘-qabiladoshlik shakli o‘z ahamiyatini yo‘qota bordi. Bu davrda metal eritish va metal qurol tayyorlash ishlab chiqarish vositala- rining takomillashib borishiga sabab bo‘ldi. Pirovardida, jamiyatning iqtisodiy negizi o‘sib bordi, ijtimoiy va ma’naviy hayot boyib, rang-barang bo‘lib o‘zgarib bordi. Ibtidoiy jamiyat iqtisodiyoti o‘sishiga, ishlab chiqarishning sifat jihatdan yangi jabhalari va hosil olishning yangi usullarining topilishiga mehnatning malakalashuvi, ijtimoiy mehnat taqsimoti hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Tarixiy va ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, ibtidoiy tuzum davrida jami- yat hayotida uchta yirik mehnat taqsimoti sodir bo‘lganligi ma’lum. Murakkab tabiiy shart-sharoit, hayvonlarni vahshiyona ovlashning ortib borishi ular bio- massasining kamayishiga olib kelib, o‘sib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondirishga yetishmasligi kelib chiqdi. Oziq-ovqat manbalarini kengaytirishga majbur bo‘linadi. Hosil beruvchi ekin ekish sohasi kengaya bordi. Ko‘plab qabi- lalar sug‘orishga asoslangan dehqonchilikka ixtisoslashadilar. Ijtimoiy mehnat taqsimoti inqilobiy xususiyatga ega bo‘ldi. Dastlab odam- lar hayvonlarni uy hayvoniga aylantirishni va ko‘paytirishni o‘rganadilar. Bu ish mehnatning asosiy sohasiga aylanib, yer haydash yoki ov qilishga nis- batan ancha foydali bo‘lgan. «Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa varvarlar ommasidan ajralib chiqqanlar: bu – birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa varvarlarga qaraganda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarar edilar, shu bilan birga ular ishlab chiqaradigan tirikchilik vositalarining xili ham boshqacha edi» 1 . Shunday qilib, mehnatning chorvachilik turi dehqonchilikdan ajralib chiq- di. Bu dastlabki mehnat taqsimoti ibtidoiy jamoa tuzumini yirik o‘zgarishlarga olib keldi. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan mahsulotlar qatoriga sut, go‘sht, yog‘, jun, teri kabi mahsulotlar qo‘shildi. Dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham ixtisoslashish kuchayib borishi oqibatida mehnat unumdorligi oshib bor- 1 Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar. «O‘zdavnashr, 1959, II tom. – 337-bet. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling