Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
46
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Sotsial normalarga – odat, axloq, din, etika, estetika kabi normalar kir- gan. Ibtidoiy davrdagi sotsial normalar o‘sha tarixiy davr sharoitining va ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli bo‘lgan. F. Engels insoniyatning «go‘daklik» davriga shunday tavsif bergan: «Bu urug‘doshlik tuzumi g‘oyat sodda bo‘lganligiga qaramasdan, qanday g‘aroyib tashkilot! Soldatlar, jandarmlar va politsiyalar, dvoryanlar, qirollar, noiblar, ho- kimlar yoki sudyalar, turmalar, protsesslar yo‘q bo‘lsa-da – hamma ishlar belgilangan tartibda boradi. Har qanday janjal va anglashmovchiliklar kim- larga taalluqli bo‘lsa – o‘shalarning kollektivi tomonidan, ya’ni urug‘ va qabila tomonidan, yoki ayrim urug‘larning o‘zi o‘rtasida hal qilinadi; kambag‘al va muhtoj kishilar bo‘lishi mumkin emas, kommunistik xo‘jalik va urug‘ qarigan- lar, kasallar va urushda mayib bo‘lganlarga nisbatan ado qiladigan vazifalarini yaxshi biladi. Hamma shu jumladan, xotin-qizlar ham teng va erkindirlar» 1 . Shunday qilib, ibtidoiy tuzum sharoitidagi ijtimoiy hokimiyat quyidagi o‘ziga xususiyatlar bilan ifodalangan: birinchidan, urug‘ning butun jamoasi hokimiyatning birdan-bir manbayi hisoblangan. Barcha jamoa a’zolari hokimiyatni amalga oshirishda ishtirok et- ganlar, uning to‘laqonli sohibi sanalganlar. Urug‘, qabila jamoasining o‘zi o‘zi uchun xulq-atvor qoidalarini o‘rnatganlar va ularga ixtiyoriy rioya qilganlar; ikkinchidan, urug‘ning barcha katta yoshdagi a’zolari ishtirokidagi majlis (kengash)lar ijtimoiy hokimiyatning yuqori, oliy organi bo‘lgan. Umu- miy majlis (kengash) urug‘ jamoasi hayotining, xo‘jalik faoliyatining barcha masalalarini hal etgan; uchinchidan, urug‘ jamoasining kundalik hayot-faoliyatini boshqarish umumiy majlisda saylab qo‘yiladigan oqsoqol zimmasiga yuklatilgan. Boshqa- ruv ishlari hammaning manfaatini inobatga olib amalga oshirilgan. Oqso- qol o‘z shaxsiy manfaatini jamoa a’zolarining umumiy manfaatidan ustun qo‘yaolmagan. Muhimi, oqsoqol ham, harbiy yo‘lboshchilar ham yalpi ishlab chiqarish faoliyatida boshqalar bilan bab-baravar ishtirok qilganlar; to‘rtinchidan, ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat kuchga emas, balki obro‘ga, hurmatga, e’tirofga va odat qoidalariga, diniy talablarga tayangan. Qoidabuzarlar qattiq jazolangan. Majburlov, jazo choralarini qo‘llash butun urug‘ jamoasining amri bilan amalga oshirilgan. Majburlovni qo‘llovchi alo- hida, maxsus organlar bo‘lmagan; beshinchidan, qabila miqyosidagi ijtimoiy hokimiyat ham urug‘ doirasida- gi hokimiyat singari tamoyillar asosida amalga oshgan. Bu davrda «ibtidoiy demokratiya» hukm surgan, deyish mumkin. Qabiladagi ijtimoiy hokimiyat qabila kengashi, umumiy yig‘ilishi, qabila boshlig‘i timsolida namoyon bo‘lgan. 1 Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar. «O‘zdavnashr», 1959. II tom. – 273–274-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling