Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet487/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

484
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning besh-
ta ustuvor yo‘nalishini belgilagan Harakatlar strategiyasida quyidagilar 
ta’kidlangan: «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk 
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan 
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettiriladi. Bundan maqsad:
– xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni 
ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va 
cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, 
davlat ham boy va kuchli bo‘ladi», degan tamoyilni amalga oshirish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv-
larning qat’iy oldini olish;
– davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning 
tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav 
jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtiril-
gan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solish-
da davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirish-
dan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, 
nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
rolini oshirish»
1
.
Ikkinchi jihati. Siyosiy nuqtayi nazardan baholaganda fuqarolik jami-
yatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy 
davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jami-
yatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning 
o‘zaro munosabati shakl bilan mazmunning o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda mavjud 
bo‘lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va aksin-
cha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi 
va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatini iqtisod bilan 
siyosatning nisbati tarzida izohlash o‘rinli bo‘ladi. Buni O‘zbekiston misolida 
ham yaqqol ko‘rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyo-
siy tuzilmalar, institutlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. 

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish 
bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа / Rаsmiy nаshr / – T.: «Adolat», 2017. – 19–20-bеtlаr.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling