Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
485
XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat Mamlakatimizda mulk shaklini o‘zgartirish, xususiylashtirish jarayonla- rini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xusu- san, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi tashkil etilib (1992-yil), u mamlakatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Prezidentning 1992-1993-yillarda qabul qilingan o‘ttizdan ortiq farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan o‘nlab vazirlik va davlat qo‘mitalari boshqa mulk shaklidagi konsern, assotsiatsiya, uyushma va jamg‘armalarga aylantirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublika- si paxtachilik vazirligi zamirida O‘zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat aksiyadorlik assotsiatsiyasi tashkil etildi (1992-yil 7-noyabr), Mahalliy sanoat vazirligi isloh etilib, uning o‘rnida Prezidentning 1992-yil 3-sentabrdagi farmoni bilan «Mahalliy sanoat» davlat korporatsiyasi tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbeksavdo» assotsiatsiyasi (1992-yil 5-maydagi farmoni) «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi (1992-yil 28-yan- vardagi farmoni) tashkil topdi va hokazo. 1997-yil 20-mayda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi appa- rati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Bu qarorning asosiy maqsadi Hukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usul- lariga o‘tkazishdan iborat edi. Vazirlar Mahkamasi apparati bevosita sohaviy ma’muriy boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga o‘tdi. Buni ma’nosi shuki, Vazirlar Mahkamasi apparati xo‘jalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi, iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan boshqarmaydi. Buning o‘rniga u iqtisodiyotni bozor yo‘liga o‘tkazishning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uyg‘unlashtirish va mu- vofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, xo‘jalik yuritish shakllarini ta- komillashtirish, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rivojlan- tirish bilan shug‘ullanadi. Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalari- ni rivojlantirishdan iborat emas. Demokratiya ravnaq topishi uchun fuqarolik jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralizm ham qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko‘lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoqlari, uyushmalari, mehnatkashlar mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat organlari bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladi: «fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash – |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling