Toshkent amaliy fanlar univerisiteti


-bob. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash


Download 198.5 Kb.
bet5/9
Sana26.03.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1296169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ТАФУ вакт меъерлари 10-2022

3-bob. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash
9. Professor-o‘qituvchilar faoliyatining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari bo‘yicha soatlar hajmi hisoblanmaydigan ish turlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan Toshkent amaliy fanlar universiteti professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari turlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida belgilanadi.
10. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari hajmi mazkur ish turlarini bajarish zaruriyatidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq Toshkent amaliy fanlar universiteti Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik, ijodiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, talabalarda chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaxassis tayyorlashni nazarda tutgan holda kafedra mudiri o‘qitishni ilg‘or pedagogik va kompyuter texnologiyalari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari asosida tashkil etish hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlarni belgilaydi.
4-bob. Yakuniy qoida
12. Mazkur Qoidalar Toshkent amaliy fanlar universiteti Kengashida muhokama qilingan.




Toshkent amaliy fanlar universiteti professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalariga
1-ILOVA



Toshkent amaliy fanlar universiteti professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlari




Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling