Toshkent amaliy fanlar univerisiteti


-bob. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini hisoblash


Download 198.5 Kb.
bet4/9
Sana26.03.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1296169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ТАФУ вакт меъерлари 10-2022

2-bob. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini hisoblash
5. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasiga kiritilgan, uning asosiy qismi bo‘lgan o‘quv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida nazarda tutilgan Toshkent amaliy fanlar universiteti professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlarida belgilangan ish turlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida hisoblanadi.
Professor-o‘qituvchilarning egallab turgan lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamasi hajmi fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq Toshkent amaliy fanlar universitetining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
6. O‘quv yuklamasi bo‘yicha hisoblangan soatlar hajmi Toshkent amaliy fanlar universitetining shtat birliklari sonini hamda professor-o‘qituvchilarning oylik maoshlarini belgilash uchun asos bo‘lmaydi.
Shtat birliklari professor-o‘qituvchilarning talabalar soniga nisbati bo‘yicha, oylik maoshi esa xarajatlar smetasi bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning o‘quv ishlari yuklamasi hajmi kafedra yig‘ilishining taklifiga asosan Toshkent amaliy fanlar universiteti kengashining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Bunda professor-o‘qituvchilarning tegishli o‘quv yuklamasining muayyan qismi kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasiga qo‘shimcha ravishda taqsimlanadi.
8. Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda) Toshkent amaliy fanlar universiteti Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.
Professor-o‘qituvchilarning bir oʻquv yili uchun yuklamasi hajmi oʻrtacha 950 soat, shundan o‘quv (ma’ruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi kafedra mudiri uchun 300 soat, professor va dotsent uchun 420 soat, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi uchun
480 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Kafedra mudiri qoʻshimacha oʻquv yuklamasi (stavka)ni dotsent lavozimiga muvofiq olishi mumkin. Kafedraga sohaning yetakchi mutaxassislari (akademiklar va professorlar) jalb etilganda, ushbu o‘quv soatlari hajmiga Toshkent amaliy fanlar universiteti Kengashi qaroriga muvofiq o‘zgartirish kiritish mumkin.

Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling