Toshkent amaliy fanlar universiteti iqtisodiyot yo’nalishi 22-01 guruh talabasi sayfulloyev abrorning mustaqil ishisi Fandagi bashorat ijod shakli sifatida reja 1.Fanda bashorat ilmiy faktlari 2.Bugungi kun va kelajak fanda bashorat ilmiy faktlar
Ilmiy bashoratni sub’ektning borliq sirlarini va o’rganilayotgan ob’ektning rivojlanish mexanizmlarini o’zlashtirish borasidagi ijodiy faolligining shakli sifatida ko’rib chiqmasdan ilmiy ijod metodologiyasini tadqiq qilish mumkin emas. Epistemologik va gnoseologik jihatlardan bashorat tuzilishini ilmiy bilish shakli sifatida, bashorat metodlarining xususiyatlarini va ilmiy bilishning o’sishiga ularning ta’sirini falsafiy analizdan o’tkazish e’tiborga molikdir. Bugun, insoniyat qadam qo’ygan yangi ming yillik va yangi XXI asrning boshida kishilik jamiyatining progressiv taraqqiyotini ilmiy tushuntirish va ilmiy prognozsiz tasavvur qilish ham mumkin emas. Olim ilmiy bashorat sohasida ijodiy faoliyat bilan shug’ullanar ekan, ijtimoiy taraqqiyot qayerga, qay yo’nalishda harakat qilyapti, bu harakatning sur’atlari qanday, ularni qanday yaxshilash, jadallashtirish (yoki, aksincha, sustlashtirish), maqbullashtirish kerak va nihoyat, mazkur rivojlanishning yaqin tarixiy istiqboldagi yakuniy maqsadi qanday, degan savollarga javob topishga harakat qiladi. Hozirgi zamon olamining qiyofasi shu qadar jadal o’zgarmoqdaki, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida yalpi globalizatsiya jarayonlari sodir bo’layotgan bugungi kun sharoitlarida har qanday ilmiy prognozlar qilish alohida olimlar hamda ilmiy jamoalar, maktablar va institutlar ijodining qiziqarli o’yiniga aylanadi.
| .. Ilmiy bilishning hozirgi zamon epistemologiyasi ilmiy bashoratga bizni qiziktirayotgan hodisalar va jarayonlarning mohiyati xamda ularning kelgusida rivojlanish tendensiyalari haqidagi to’g’ri bilimga asoslangan noma’lum narsa to’g’risida bilim deb qaraydi. Ilmiy bashorat bu bo’lg’usi hodisalarni, shuningdek, u yoki bu hodisalar, voqealar, jarayonlarning oqibatlari xususiyatini (qaytariladigan yoki qaytarilmas, foydali yoki zararli, xavfli va h.k.) oldindan aytib berish real imkoniyatidir. Ilmiy prognoz hisoblangan fanda bashorat ilmiy faktlarga, barcha holatlar va shart-sharoitlarni qat’iy e’tiborga olish negiziga quriladi. Ilmiy bashorat jarayoni kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan voqealar, hodisalarni oldindan aytib berishni o’z ichiga oladi. BUGUNGI KUN VA KELAJAK Bugungi kun va kelajak - Ilmiy bashorat bugungi kundan kelajakka, ma’lumdan noma’lumga yo’naltirilgan bo’lib, bu gnoseologik noaniqlikni vujudga keltiradi, binobarin, ilmiy ijod jarayonida ilmiy bilish va prognoz qilish amalga oshiriladigan tizimlarning rivojlanish yo’llari prinsipial xilma-xil bo’lishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham bashorat ilmiy bilishda kelajakni mutlaqo aniq bilishni da’vo kilmaydi Hodisalarning jo’shqinligi, o’zgaruvchanligi, rivojlanishning yo’nalishi va sur’atlarini u yoki bu tomonga og’diruvchi fluktuatsiyalarning mavjudligi ilmiy bashorat aytilgan muddatdan oldin yoki keyin sodir bo’lishi, yo umuman sodir bo’lmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Ilmiy bashoratning ro’yobga chiqish yo’llari har xil bo’lishi mumkin. Bu yerda ilmiy prognoz qiluvchi tadqiqotchilar tafakkurining o’ziga xosligi, ularning ijodkor shaxs sifatidagi xususiyatlari yorqin namoyon bo’ladi.(Bu yerda umumiy mushohadalardan xususiy mushohadalarga (deduksiya) va xususiydan umumiyga (induksiya) o’tish, taqqoslash, solishtirish, ekspert baholash, analiz va sintez qilish mumkin.) Ilmiy rejalar va prognozlar to’liq yoki qisman o’z ifodasini topadigan odamlar amaliyoti ilmiy bashorat va prognozning to’griligi mezoni bo’lib xizmat qiladi.
kelAJAK ILMIY BASHORAT ILMIY BASHORAT - Ilmiy bashorat bugungi kunda informatika va elektronika, global kompyuter tarmog’i va globalizatsiya asri insoniyat oldiga qo’yayotgan ko’pgina muammolarni hal qilishga qodir. Ilmiy bashorat va prognoz yordamida inson hayotiy faoliyati rivojlanishining nomaqbul, zararli, xavfli, boshi berk yo’nalishlarini oldindan aytib berish, shuningdek, ularning oqibatlarini yumshatish yoki to’liq bartaraf etish mumkin. Hodisalarni bashorat qilish, ularni ilmiy tushuntirish, hodisalarning teran aloqasi va mohiyatini ochib berish, ijtimoiy amaliyotga xizmat qilish qobiliyati bu fanning ijodiy, prognostik imkoniyatlarining ko’rinishlaridir, zero, ilmiy bilishning asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy muxitda insonga yo’l ko’rsatish va uni bu muhitga moslashishiga yordam berishdan iborat. Bashorat bu odamlarning bilish va amaliy o’zgartirish faoliyati o’rtasida bog’lovchi bo’g’in, jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarish vositasi bo’lib xizmat qiladi..
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT BAJARDI.SAYFULLOYEV A TEKSHIRDI.JO’RAYEV B
Do'stlaringiz bilan baham: |