1-mavzu. Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari


Download 343.62 Kb.
bet1/4
Sana21.02.2023
Hajmi343.62 Kb.
#1217598
  1   2   3   4

1-mavzu. Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari


Reja:

  1. Informatika va raqamli texnologiyalar fanining maqsadi, ob’ekti va predmeti.

  2. Informatikaga oid fanlarning shakllanish tarixi.

  3. Informatikaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.

  4. Zamonaviy informatika tuzilmasi

Tayanch tushunchalar: informatika, hisoblash, EHM, mexanika, abak, antikitera, elektromexanik, elektronika, tregger, ACE.
Informatika va raqamli texnologiyalar fanining maqsadi, ob’ekti va predmeti.
Informatika va axborot texnologiyalari hayotimizning kirib bormagan sohasi qolmadi. Misol uchun, biz bir tugmani bosish orqali ishlashimiz, xarid qilishimiz, o‘ynashimiz, hunar o‘rganishimiz, sog'limiz haqida ma'lumot olishimiz, mahsulotlarimizi sotishimiz va h.k qilishimiz mumkin, chunki informatika va raqamli texnologiyalar yordamida buni amalga oshirishimiz mumkin.
Informatika raqamli texnologiyalar fanining eng muhim jihati - bu hayot uchun zaruriy ko‘nikma bo‘lgan muammolarni hal qilishdir. Talabalar turli biznes, ilmiy va ijtimoiy kontekstlarda muammolarni hal qilish uchun foydalaniladigan dasturiy ta'minot va apparat vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va tahlil qilishni o‘rganadilar.
Informatika va raqamli texnologiyalar fanining maqsadi - talabalarda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan turli masalalarni hal qilishda informatika va raqamli texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Informatika va raqamli texnologiyalar fanining vazifasi - informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari, axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyat va ta’limning axborotlashtirilishi, kompyuterlarning axboriy-mantiqiy va arifmetik asoslari, elektron hukumat, elektron raqamli imzo, elektron tijorat va raqamli texnologiyalar, virtual borliq, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va raqamli media marketing haqida nazariy va amaliy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Informatika va raqamli texnologiyalar obyekti Informatika va AT ning barcha elementlarini qamrab oladi: fanning shakllanish tarixi, asosiy rivojlanish yo‘nalishlari, zamonaviy informatika tuzilmasi, axborot va ma’lumot tushunchalari, axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar, xususiyatlari, axborotli jarayonlar, axborotlarning xususiyatlari, axborotning sintaktik, semantik, pragmatik o‘lchovlari, o‘lchov birliklari, axborotlashgan jamiyatda inson, “Axboriy madaniyat” tushunchasi va uning mazmuni, axboriy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish shart – sharoitlari va vositalari, ta’limni axborotlashtirish, jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy-me’yoriy asoslari, jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potentsiali, mantiqiy o‘zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar, mantiqiy amallar, mantiqiy funksiyalar va ularning rostlik jadvali, mantiqiy sxemalar, Bul algebrasi va elementar Bul funktsiyalari, Bul algebrasi qonunlari, kompyuterni ishlashining mantiqiy va fizik asoslari, sanoq sistemalari, pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari, ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari, sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish, kodlash va dekodlash tushunchalari, kodlash turlari, matnli axborotlarni kodlash usullari, grafik axborotlar va ularni kodlash, audio va video axborotlarni kodlash, axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi, kompyuterlarda sonlarning qo‘zg‘almas vergulli va qo‘zg‘aluvchi vergulli usullarda tasvirlanishi, axborotni kodlash: to‘g‘ri, to‘ldirish, teskari va modifikatsiyalashgan kodlar, iqtisodiy informatikaning maqsadi va vazifalari, iqtisodiy axborot, iqtisodiy informatika tushunchalari, raqamli iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyotning afzalliklari, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar va ularning rivojlanish tendentsiyalari, raqamli texnologiyalarning qo‘llanish sohalari, zamonaviy raqamli texnologiyalar: smart texnologiyalar (gadjetlar), buyumlar interneti (IoT-Internet of Things), simsiz internet, Wi-Fi 6 va 5G, 3D bosma texnologiyalar, robototexnika, raqamli izlar va ularning turlari, bulutli hisoblashlar (Cloud computing) va ularning asosiy tushunchalari, bulutli saqlash modellari, bulutli texnologiyalarning xususiyatlari, bulutli texnologiyalarning afzalliklari va kamchiliklari, taqsimlangan hisoblash (Grid computing), elektron hukumat tushunchasi, elektron hukumat vazifalari va printsiplari, elektron hukumat tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari, elektron hukumatning modellari, yagona interaktiv davlat xizmatlari portal, elektron raqamli imzo va uning ochiq va yopiq kalitlari, elektron sertifikatlar, elektron hujjat almashish tizimlari, elektron tijorat (e-commerce) va elektron savdo (e-trade) xususiy belgilari va farqlari, elektron pul tushunchasi va elektron pul birliklari, elektron to‘lov vositalari, elektron karmon, elektron tijorat tizimlari, to‘lov tizimlari, ular orqali to‘lovlar va xaridlarni amalga oshirish, Blokcheyn texnologiyasi va uning asosiy komponentlari, Blokcheyn texnologiyasining ishlash printsiplari, Blokcheyn texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari, kriptovalyuta va bitkoin, raqamli va ijtimoiy media marketing va uning imkoniyatlari, raqamli va ijtimoiy media marketing yordamida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Freelance imkoniyatlari, Freelance tizimlari. Virtual borliq (Virtual reality-VR) va uning asosiy tushunchalari, Virtual borliq turlari, Virtual borliq vositalari va komponentlari, Virtual borliqning qo‘llanilish sohalari, to‘ldirilgan borliq (aughmented reality - AR) tushunchasi, to‘ldirilgan borliq turlari, to‘ldirilgan borliqdan foydalanish, AR-ga asoslangan qurilmalar, QR kod bilan ishlash, Infografika tushunchasi va uning turlari, Infografika yaratuvchi platformalar bilan ishlash, Infografika yaratish dasturlaridir. Yangi fundamental fan sifatida Informatika va raqamli texnologiyalarning predmeti axborot resursi - uning mohiyati, faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari, jamiyatning boshqa resurslari bilan o‘zaro ta’sir qilish mexanizmlari va ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘zaro ta’sirdir.

Download 343.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling