3. Fonetikda morfemika tuzilishi So`zlardagi kabi affikslarda ham polisеmiya, sinonimiya, omonimiya va antonimiya hodisalari mavjud. Morfemalar asosan bir ma'no ifodalaydi, monosemem bo’ladi (yunoncha monos - (bir, (yakka). Masalan, -ni kelishik affiksi (o’zi qo’shilgan leksema anglatadigan predmet (keng ma'noda) o’timli fe'l anglatadigan harakat qaratilgan obyekt (ekanini ko’rsatadi: kitobni o’qi- kabi; -di zamon yasovchisi (aniq yaqin o’tgan zamon) ma'nosini ifodalaydi: Kitobni o’qidi kabi. Ko’pma'nolilik (polisememiya) – ayrim morfemalarga-gina xos xususiyat (yunoncha poly - (ko’p). Masalan, hozirgi o’zbek tilida -(i)ngiz- affiksi ikki ma'noni ifodalashga xizmat qiladi: 1) ko’plik ma'nosini ifodalaydi. Bunda shaxs semasi saqlanadi, baho semasi betaraf bo’ladi: kitobingiz (sizlarning) kabi; 2) birlik ma'nosini ifodalaydi. Bunda shaxs semasi saqlanadi, sizlash baho semasi qatnashadi: kitobingiz (Sizning) kabi. Demak, shaxs semasi saqlanadi, son semasi o’zgaradi ko’plik, birlik, shu bilan birga baho semasi (sizlash) yuzaga qalqiydi, natijada bir morfema ikki grammatik ma'noni ifodalashga xizmat qiladi. - Shunga o’xshash hodisa tuslovchilarda ham mavjud. Masalan, -(i)ngiz tuslovchisi bilan (II shaxs( semasi saqlangani holda: 1) ko’plik ifodalanadi, baho semasi betaraf bo’ladi: keldingiz (sizlar) kabi; 2) birlik ma'nosi (sizlash) baho semasi bilan birgalikda ifodalanadi: keldingiz (Siz) kabi. Ayrim adabiyotlarda ukamga (kimga?), mehnatga (nimaga?), ishxonaga (qayerga?), peshinga (qachonga?) kabi misollar asosida jo’nalish kelishigi affiksi harakat yo’naltirilgan predmet, o’rin, payt ma'nolarini ifodalashi haqida gapirilar edi; hozir bunday (o’rin, payt kabi) ma'nolar kelishik affiksining ma'nolari emas, balki u qo’shiladigan leksemadan anglashiladigan ma'no ekanligi ta'kidlanadigan bo’ldi. Ko’pma'nolilik hodisasini ko’pvazifalilik hodisasidan farqlash kerak. Masalan, tushum kelishigi – bir vazifali; lekin bosh kelishik – ko’p vazifali; bu kelishikdagi leksema: 1) ega vazifasida, 2) izohlovchi vazifasida va boshqa vazifalarda keladi. Shu asosda bosh kelishikni ko’p ma'noli deb bo’lmaydi. Demak, affikslar ham, xuddi so`zlar kabi, ko`p ma'noli (polisеmantik) bo`lishi mumkin So`z yasovchi -chi, -ma, -li, -la kabi affikslar ham ko`p ma'-noli affikslardir.
- Ko`p ma'nolilik faqat so`z yasovchi affikslarga emas, balki forma yasovchi affikslarga ham xos. Masalan, -sa affiksi yor-damida yasaluvchi fе'l formasi o`ndan ortiq ma'noga ega. Ko`p ma'noli affiks anglatadigan ma'nolar o`rtasida bog`lanish bo`ladi. Masalan, -chi, affiksi traktorchi, sportchi, bufеtchi, kombaynchi kabi so`zlarda kasb-mutaxassislik egasini; hasharchi, jangchi, sayrchi so`zlarida esa ish-faoliyatda qatna-shuvchi shaxsni bildiruvchi ot yasayapti. Lеkin ikkala holatda mfodalapayotgap ma'nolar o`rtasida boglanish borligi sеzila-di — ikkalasida ham umuman shaxs oti yasalyapti.
- Aynan bir shakldagi (ko`rinishdagi) affiksning ma'nolari o`rtasida boglanish bo`lmasa, u ko`p ma'noli (polisеmantik) affiks emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |