Toshkent amaliy
II-BOB ‘‘KEYNS XOCHI’’ ISHLAB CHIQARISH HAJMINING MUVOZANAT DARAJASIGA ERISHISH MEXANIZMI
Download 183.7 Kb.
|
farxod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lekin shu narsa qiziqarliki
- , metaforik tarzda aytganda monetar va moliyaviy siyosatni hukumatning boshqaruv roli, deb tasvirlash mumkin. Lerner fikricha
- Keyns Germaniya
- Keynsning yaxshi jamiyat strukturasi borasidagi keng qamrovli falsafiy qarashlari uni ikki tomondan ham cheksiz hujumlar ostida qolib ketishiga sabab bo’ldi. So’llar uni o’z sinfi
- 1930-yillarda ro’y bergan Depressiya ko’plab iqtisodchilarni kapitalizmning asosiy kamchiligi to’liq ish bilan bandlikni ta‘minlay olmasligida
- Keynschilar fikricha esa
II-BOB ‘‘KEYNS XOCHI’’ ISHLAB CHIQARISH HAJMINING MUVOZANAT DARAJASIGA ERISHISH MEXANIZMI
2.1 Keynsning multiplikator modelining shakllanishi. 1940-1950-yillarga kelib iqtisodchilar yuqori darajada takomillashgan multiplikatorlik modelini ishlab chiqdilar. Bu model o’z ichiga xalqaro ta‘sir doiralarini, davlat hamda individual xarajatlarninng turli xil ko’rinishlarini olgan holda kengaytirib borildi. Balanslashgan byudjet multiplikatorligi atamasi iqtisodiy atamalarning asosiy qismlaridan biriga aylandi va har bir iqtisodchi talaba Keynsning bu modelini o’rganib chiqishiga to’g’ri keldi. Lekin shu narsa qiziqarliki, keynschilik iqtisodiyotida keltirib o’tilgan ushbu model hamda monetar va fiskal siyosat ko’rinishlari Keynsning biror-bir kitobida uchramaydi. Umumiylik nazariyasida monetar va fiskal siyosatni qo’llash jarayonlari keltirib o’tilmagan. Unday bo’lsa, nega multiplikatsion model (algebraik va geometrik) 1950-yillardagi makroiqtisodiy bahs-munozaralarga sabab bo’lgan markaziy model sanaladi. Buning asosiy sababi u muqobillikka qaraganda zamonaviy reallik tushunchasini aniq aks ettira oldi. Ammo bu yerda boshqa omillar ta‘siri ham mavjud edi. Keynschilik iqtisodiyotining samaradorligi to’g’risidagi dastlabki siyosiy muzokaralar fiskal siyosatga qaratilgan edi (urush davridagi hukumat byudjeti defitsiti G’arb dunyosi mamlakatlarini kutilmaganda Depressiyadan chiqarib yubordi). Multiplikatsion model fiskal siyosat oqibatlarini o’zida aks ettirib, keynschilik modeli sifatida nom qozondi. Bu modelni birinchi marta ishlab chiqishda va uzoq muddat davomida qo’llashda sotsiologik sabablar ham muhim o’rin egallaganligini taxmin qilishimiz mumkin. Haqiqat uchun zaruriylik soha ehtiyojlaridan, asosan talablarga rioya etish va jurnal maqolalarini chop ettirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Multiplikatsion model bu kabi ehtiyojlarga to’g’ridan tog’ri mos tushadi. AQSh da mutiplikatsion tahlilning ko’rinishlari vujudga keldi. Pol Samuyelson va Alvin Hansen (1887-1975) modelni asosiy keynschilik modeli mazmuni sifatida ifoda etdi. Samuyelsonning qo’llanmasida keltirib o’tilgan model pedagogikaga ham mos tushdi va boshqa kitoblar Samuyelson kitoblaridan nusxa ola boshlashdi hamda tez orada multiplikatsion model keynschilik iqtisodiyotida qo’llanildi. Multiplikatsion tahlil o’rganish va o’rgatish ancha oson bo’lgan tahlil usullaridan biri bo’lganligi bois bir qancha pedagogik ustunlik tomonlariga ega. Bu model xuddi mikroiqtisodiyot uchun taklif va talab tahlili zarur bo’lganligi kabi makroiqtisodiyot uchun ham kerakli bo’lgan asosiy analitik tuzilmalar bilan ta‘minlangan ayrim sohalarni takomilashtirish imkonini yaratadi. 1930-yildagi depressiya holati qaysi jamiyat va iqtisodchilar guruhi bozorni kuzatib borishi kerakligi ifodalangan kontekstga o’zgartirish kiritdi. Shu davrlargacha bo’lgan oraliqda davlatning aralashmaslik siyosatiga oid yangi klassik muzokaralar nafaqat iqtisodiy narariyaga asoslanib qolmasdan, balki davlat to’g’risidagi falsafiy va siyosiy qarorlarga ham asoslangan edi. 1990-yillarda radikallardan tashqari deyarli barcha shaxslarning umumsiyosiy yo’nalishlari iqtisodiyotda davlatning aralashuvini cheklashga qaratilgan edi. Ijtimoiy xavfsizlik va ishsizlik sug’urtasi singari bugungi kunda biz ishona oladigan ko’plab davlat dasturlari tamoyillari dolzarb tusga kirdi. Depressiya jarayonining boshlanishi bilanoq unga bo’lgan munosabatlar o’zgara boshladi. Ko’plab shaxslar erkin bozor tizimi depressiya jarayoni mobaynida sodir bo’lgan iqtisodiy beqarorlik tomon yetaklasa, muqobil tanlovlar qilish kerakligini his etishgan. Iqtisodchilar muqobil iqtisodiyot elementlarini samaraliroq tahlil etishi natijasida ko’pchilikning siyosiy tavsiyalarga bo’lgan ishonchi so’nib bordi va yangi klassik nazariyaning kamchilik tomonlari haqida fikr yurita bordilar. Buning natijasida iqtisodchi olimlar bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi klassik qarashlarga zid bo’lgan ishsizlik masalasini hal etishda bir qancha siyosiy rejalar ishlab chiqa boshlashdi. 1930-yil boshlariga kelib Angliyada Pigu va AQShda ko’plab Chikago universiteti iqtisodchilari ishsizlikka qarshi kurashish vositasi sifatida ommaviy ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqdilar. eynschilik iqtisodiyoti bahs-munozaralar siyosatiga aloqador bo’lib, o’zida faollar siyosatiga bo’lgan ehtiyojni ham mujassam etgan modelni yaratdi. Bu modelda umumiy talab iqtisoddagi daromadlar darajasini nazorat qilar edi, hukumat esa umumiy talabni monetar va moliyaviy siyosat orqali nazorat qilib borishi lozim edi. 1950-1960-yillarda keynschilik siyosati monetar va moliyaviy siyosat orqali aniq sozlama vazifasini o’tay boshladi. Abba Lerner (1903-1982) keynschilik tahlilini aniq sozlama darajasiga ko’tarishda katta hissa qo’shgan shaxs sanaladi. Lerner o’zining economics of Control (Nazorat iqtisodiyoti)(1944) kitobida hukumat barqarorlikni saqlash yoki moliyaviy (doim byudjet balansini saqlash) siyosat ortidan bormasdan, olib borilgan siyosatning o’zini emas, balki uning natijasini inobatga oluvchi funksional moliya siyosatini olib borishi kerak, degan fikrni ta‘kidlab o’tadi. Funksional moliya hukumatga iqtisodni ―boshqarish‖ imkonini beradi, metaforik tarzda aytganda monetar va moliyaviy siyosatni hukumatning boshqaruv roli, deb tasvirlash mumkin. Lerner fikricha, hukumat moliyaviy va monetar siyosatdan o’zining makroiqtisodiy maqsadlariga, ya‘ni yuqori darajadagi bandlikka, narxlardagi barqarorlikka va yuqori iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishish uchun foydalanishi lozim. Defitsit hajmi butunlay nomutanosib edi: agar ishsizlik paydo bo’lsa, hukumat defitsit va pul yetkazib berishni oshirishi lozim bo’lar, inflyatsiya kelib chiqqanda esa hukumat bu ishning teskarisini amalga oshirishi lozim bo’lar edi. Lernerning ―keynschilik‖ qarashlariga nisbatan bunday zaif iddaosi ko’pchilik keynschilarning izzat-nafsiga tegdi va ular o’rtasida kuchli bahs va munozaralarni keltirib chiqardi, hattoki, Keynsni keynschilikizmdan voz kechishiga olib keldi. O’sha davrlardagi mashhur keynschilik haqida Yevsey Domar shunday degan edi: ―hattoki, keynschilar Lernerning defitsit asosiy muammo emas, degan fikrini eshitib, cho’chib ketishdi va u buni ba‘zi hollarda noto’g’ri ta‘kidlagan, degan fikrni ilgari surishdi.‖38Lekin tez orada Keyns o’z fikridan qaytdi va Lerner iqtisodiyot sohasida ko’p ishlarni amalga oshirgani va keynschilik iqtisodiy siyosati funksional moliya bilan tenglashishidan oldin Lerner bu ishlarni amalga oshirganini inobatga olib Keyns uning fikriga qo’shildi. Monetar va moliyaviy siyosatlar siyosiy ommaning e‘tiborini ko’proq o’ziga jalb qila olar edi. Ko’pchilik iqtisodchilar va boshqalar Depressiya hukumat iqtisodiyotni boshqarishida kattaroq rol o’ynashi kerakligini isbotlab berdi, deb ishonishar edi. Monetar va moliyaviy siyosat esa o’sha rolni minimal darajada saqlab turar edi. Bozorlarga avvalgidek erkin faoliyat olib borishlariga imkon berilar edi. Hukumat sarmoyaning darajasini bevosita belgilamas, u shunchaki byudjet defitsiti yoki qoldig’i siyosatini olib borish orqali umumiy daromadga bilvosita ta‘sir o’tkazishi mumkin edi. Siyosat normativ qonuniyatlarni mujassam etgan nazariyani o’z ichiga oladi. Shuning uchun Keyns inqilobini to’liq anglash uchun o’sha davr iqtisodchilarining va ayniqsa, Keynsning umumiy falsafiy qarashlarini yaxshi tushunish talab etiladi. Keyns o’zining The General Theory(Umumiy nazariya) kitobini chop ettirganidan so’ng radikallikda ayblangan (aslida u radikal bo’lmagan). Bu insonning o’tmishi, ta‘lim olish tarixi va tajribasidan kelib chiqqan holda o’z jamiyatining tashkiliy strukturasi borasida sezilarli o’zgarishlar uchun kuchli kurash olib borishini bunday insondan kutish mushkul ish, albatta. Keyns aslida jamiyat strukturasini o’zgartirish borasidagi fikrlarga konservativ nigoh bilan qaragan. U asosan kapitalizmning asosiy elementlarini saqlab qolishga qaratilgan qarashlarni yoqlab chiqqan. U agar tizimning eng yomon kamchiliklari bartaraf etilmasa, individuallar kapitalistik tizimni rad etadilar va buning oqibatida tizim topganidan ko’ra ko’proq narsalarni boy berib qo’yishiga ishongan. Uning marksizmni rad etishi ham, Marksning iqtisodiyotiga qarshi tanqid ham markscha ijtimoiy tizim Keyns yashab turgan ijtimoiy sinfning yo’q qilishini tan olish, deb baholanadi: Qanday qilib men zamonaviy olam uchun hech qanday ahamiyati yo’q, o’z pozitsiyasini hamma narsadan yuqori qo’yadigan va tanqidni qabul qilmaydigan hamda o’z qonuniyatlarini injildek qat’iy o’rnatadigan eskirgan kitobni ko„ra bila turib qabul qilishim mumkin? Qanday qilib men tezakni sigirning o’zidan afzal ko’radigan, butun bashariyat urug’larini va ijobiy sifatlarini o’zida mujassam etgan burjuaziya va intelligensiyadan ko’ra qo’pol proletariatni ustun ko’radigan dunyoqarashni o’zimga singdira olaman? Keyns Germaniya, Italiya va Rossiyada avj olib borayotgan diktatorlik va totalitar tuzumdan qattiq xavotirga tushgan edi. U ijtimoiy tuzulmalardagi bunday o’zgarishlar ba‘zi iqtisodiy masalalarni hal eta olishiga ishonishni istar edi, ammo u bunday yechim faqatgina individualizm va uning iqtisodiy hamda siyosiy afzalliklari evaziga qo’lga kiritilishi mumkinligini his etdi. Kattaroq samara va innovatsiyaga erishish uchun shaxsiy qiziqishdan foydalanishni cheklovchi individualizmning iqtisodiy afzalliklari iqtisodchilarga yaxshi ma‘lum: Ammo yuqoridan ta’kidlanganidan tashqari agar individualizm o’zining kamchilik va zaif tomonlaridan xalos etilsa, u albatta boshqa mavjud tizimlardan ko’ra ko’proq shaxsiy erkinlikni ta’minlovchi vositaga aylanishi mumkin. U shaxsiy tanlovni yanada ko’proq amalda qo’llash uchun zamin hozirlaydi. Shu bilan bir qatorda u yana ushbu kengaytirilgan shaxsiy tanlovdan kelib chiqadigan hayotning turfa xilligini saqlash omili bo’lib ham xizmat qilishi mumkin va undan ayrilish bir xildagi yoki totalitar tuzumning yo’qotganlari oldida anchayin sezilarli bo’lishi mumkin. Keynsning yaxshi jamiyat strukturasi borasidagi keng qamrovli falsafiy qarashlari uni ikki tomondan ham cheksiz hujumlar ostida qolib ketishiga sabab bo’ldi. So’llar uni o’z sinfi va kapitalizmning himoyachisi, deb e‘lon qilishdi, o’nglar esa uni kapitalistik tizimini yo’q qilishga moyil yovvoyi sotsialist-islohotchi, deb atadilar. Biz allaqachon uning marksizmga bo’lgan yondashuvini ko’rib chiqdik. Uning o’nglar tomonidan qilingan tanqidga javobi murosaga kelishga qaratilgan edi. U shunday deb yozgan edi:―hukumat vazifalarini kengaytirish individualizmga qarshi dahshatli zarba bo’lib tuyulsada men uni ham mavjud iqtisodiy ko’rinishlarni yo’q qilib yuborishdan uzoqlashishning yagona vositasi sifatida, ham individual tashabbuslarning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishiga maqbul sharoit sifatida himoya qilaman. Keyns kapitalizmdan topgan asosiy naflardan biri bu uning individualizmga erkin faoliyat olib borishini ta‘minlashi sanaladi. Individualizm orqali kelib chiqadigan har qanday kamchiliklar kapitalizmni barbod etmasdan to’g’rilanishi mumkinligiga u ishonar edi. U kamitalizmning asosiy kamchilik va xatoliklari, deb quyidagilarni ta‘kidlab o’tgan edi: ―bu tuzumning xatosi uning to’liq bandlikni ta‘minlay olmasligi, uning o’jarligi hamda boylik va daromadlarning adolatsiz taqsimotidir. 1930-yillarda ro’y bergan Depressiya ko’plab iqtisodchilarni kapitalizmning asosiy kamchiligi to’liq ish bilan bandlikni ta‘minlay olmasligida, degan fikrga ishonishga majbur qildi. Urushdan keyingi iqtisodchilar oldida ko’ndalang bo’lgan masala mana bunday edi: kapitalizmning eng yaxshi xususiyatlarini saqlab qolish va shu bilan bir qatorda katta depressiyalarni bartaraf etish uchun biz qanday siyosat olib borishimiz kerak? Keynsning siyosat borasidagi qarashlari dastlab, AQShdagi ko’pchilik odamlar uchun juda liberal ko’rinish kasb etdi. Keynschilar tomonidan taklif etilgan monetar va moliyaviy siyosat nihoyat AQSh iqtisodchilari tomonidan tan olindi, chunki bu siyosat hukumatning juda kam miqdorda iqtisodga bevosita aralashuvini talab etar edi. Biroq shunday bo’lishiga qaramasdan, keynschilarni sotsialist, deb hisoblovchilar bu siyosatni qoralab chiqdilar. Ilk keynschilikkka kirish asarini yozgan Lori Tarshis bir guruh konservativlar uning kitobidan foydalangan o’quv dargohlariga grantlar berishni to’xtatishga harakat qilganlarida va uning o’zini dars beradigan Stenford universitetidan bo’shattirish payiga tushganlarida bu konservativlarning hujumi ekanini anglab yetadi. Tarshisning kitobi yaxshi sotilmaydi, ammo undan so’ng bu kitobga taqlid qilib yozilgan Samuelsonning asari juda ham mashhur va ommabop bo’lib ketadi, chunki u keynschilik iqtisodiyotini ilmiy niqob ostiga berkitadi va shu asnoda Qarshisga qaratilgan mafkuraviy hujumlardan o’zini saqlab qolad. Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa Jan Batist Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko`ra mexnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chikarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`liq bandlilgini ta`minlab turadi. Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga xech qanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal qiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik tarkarorlashtirgichlar orqali ta`minlab turadi deb xisoblanadi. Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik sharoitini ta`minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg’arilishi yalpi talabning yalpi taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamg’arilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi. 1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi. Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`lik bo`lmagan bandlik sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik qonuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar fakat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik. Narxlarning oshishi va ish xakining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga iktisodiyotning bekarorligiga olib keladi. Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi. Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda qabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamg’aruvchilar va investorlarni jamg’arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamg’arma va investitsiyalar bitta omilga bog’lik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati o`zining ish xaki mikdoridan ortiq bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid kilish uchun jamg’arishadi. Jamg’armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini qondirish maqsadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshligining nafaqaga chiqqandan keyingi xayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg’armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida xam amalga oshiriladi. Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi xamdir. Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamg’arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamroq iste`mol qilib, ko`proq jamgarishga xarakat kilishadi. Uy xo`jaliklarida jamg’armalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaqtida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi. Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki axolining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamg’arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiktisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi. Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo`lgan (Y=E) chiziqni kaysidir a nuqtada kesib o`tadi. Kuyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qiska muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda xaqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. SHuningdek, bu yerda rejalashtirilgan xamda xaqiqiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. YA`ni, makroiktisodiy muvozanat ta`minlanadi. Agarda, ishlab chiqarishning xaqiqiy xajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar maxsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zaxirasining kamayishi xisobiga qondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga karab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi. Milliy ishlab chiqarishning muvozanat xolati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining xar birining (iste`mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida rejalashtirilgan Y1 E=C+I+G+Xn E1 Zaxiralarning E0 jamg’arilishi Zaxiralarning E2 kamayishi Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar) tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishipastga surilishga olib keladi. Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori. Avtonom xarajatlarning xar qanday o`sishi, ya`ni ΔA = Δ (S+I+G+Xn) mul`tiplikator samarasi xisobiga yalpi daromadlarning ko`prok mikdorga (ΔY) oshishiga olib keladi. Avtonom xarajatlar mul`tiplikatori muvozanatli YAMM o`zgarishning avtonom xarajatlarning xar qanday komponenti o`zgarishiga nisbatini ko`rsatadi: m = ΔY/ΔA: Bu erda: m - avtonom xarajatlar multiplikatori; ΔY–muvozanatli YAIMning o`zgarishi; ΔA – avtonom xarajatlarning Y o`zgarishiga bog’lik bo`lmagan o`zgarishi. Multiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o`sishi (kamayishi)dan necha marta ortik o`sganligini (kamayganligi) ko`rsatadi. Avtonom iste`mol ΔSA miqdorga o`ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U) ning o`sha miqdorda o`sishiga olib keladi. Bu esa, o`z navbatida iste`molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi xisobiga) MRS x ΔSA miqdorda o`sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSxΔSA miqdorda yana o`sadi. SHunday kilib, «daromad-xarajat» ko`rinishidagi doiraviy aylanish bo`yicha jarayon davom etaveradi. ΔSA↑>AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑va xokazo. Ushbu oddiy vaziyatdan ko`rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste`molning dastlabki o`zgarishi ΔSA↑ ga nisbatan bir necha marta ko`p o`zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xp mikdorlardagi oddiy o`zgarishlar xam ishlab chiqarish xajmi va bandlik darajalarida katta o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. SHunday kilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili xisoblanadi. SHuning uchun xam davlatning byudjet-solik siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo`lib, o`rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish xisoblanadi. Bu tizim iste`molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Mul’tiplikator samarasi moxiyatini kuyidagi misolda ko`rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so`mga ko`paysin. Bu, o`z navbatida ish xaki, renta, foyda ko`rinishda uy xo`jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste`molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo`jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya`ni 3,75 mlrd. so`mni iste`mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so`mni jamg’aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so`m boshqalar uchun daromad xisoblanadi. O`z navbatida ular xam 3,75 mlrd. so`mning 75 foizini iste`mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg’aradilar. Bu jarayon oxirgi so`m jamg’arilmaguncha davom etadi. YAMM (YAIM)ni to`lik bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o`stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan miqdor retsession uzilish deyiladi. Ishlab chiqarishda to`lik bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`qotish uchun jami talabni rag’batlantirish va muvozanatni «A» nuktadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU quyidagiga teng bo`ladi: Download 183.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling