Ulug‘vorlik va tubanlik tushunchasining mohiyati.Ingliz nafosatshunosi E.Byork go‘zallikni ulug‘vorlik bilan qiyoslaydi va ularni alohida tushunchalar sifatida tadqiq etadi. I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o‘laroq, Xegel, ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi, ulug‘vorlik – zohiriy go‘zallikning botiniy go‘zallikka aylanishi, deb tushuntiradi.
Me’morchilikdagi ulug‘vorlik yuksak ahamiyat kasb etadi: Samarqanddagi Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Imom Buxoriy majmui, Buxorodagi Minorai Kalon, Xivadagi Kalta Minor, Shahrisabzdagi Bibixonim, Oqsaroy, Toshkentdagi Yevropa va Osiyo me’morchiligining yangi an’analarini uyg‘unlashtirgan Milliy Bank binosi, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Misrdagi ehromlar, yunonlarning Parfenoni, rimliklarning Kolizeyi, o‘rta asr gotik bosh cherkovlari shular jumlasidandir.
Tubanlik – insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Nafosatshunoslik kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his–tuyg‘u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda yengil noxushlik tuyg‘usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg‘otadi
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |