Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika (Axloqshunoslik). Bu ikkala fan shu qadar bir–biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o‘zaro chegaralanmagan
- Psixologiya (Ruhshunoslik).Ma’lumki, insonning ruhiy hayotini o‘rganar ekan, ruhshunoslik, hissiyotlar masalasiga katta o‘rin beradi. Go‘zallikni, san’at asarini yaratish va idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog‘liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot uyg‘otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo‘l urganidan so‘ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufura boshlaydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg‘ularning jamlanganidadir. Agar ijodkor–haykaltarosh ana shu hissiyotlarni o‘zi mo‘ljallagan darajada tomoshabinga yetkaza olsa va tomoshabinda o‘sha hissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyg‘ular uyg‘ota olsa, mazkur haykal haqiqiy san’at asari hisoblanadi.
- Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
- Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi kerak.
- Shuningdek, dizaynchi–injenerlar, atrof–muhitni obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud.
Estetikaning amaliy ahamiyati
- “Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.Somir. Somir insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. Shubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy estetik darajasida hamda faoliyatida namoyon bo‘lgan. Somirliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko‘p sonli yozma hujjatlar yetib kelgan emas.
- Misr.Estetik tafakkur taraqqiyotiga Qadimgi Misr madaniyati juda katta hissa qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar.
- Ma’lumki, Nil daryosi qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go‘zallikdir. Shuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan
Van Vey (699|701–759|761). Xitoyda VI asrdan boshlab buddhachilikning chan mazhabi keng yoyildi. Chan (yaponchasi dzen) O‘rta asrlar Xitoy san’atiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Chan-buddhachilik san’atining dastlabki namoyandalaridan biri shoir, rassom va nafosatshunos Van Veydir. U va uning davrasi ijod jarayonini ziyolanishga, nurlanishga o‘xshatadilar va san’atning vazifasini insonni poklash, forig‘lash, qutqarishdan iborat deb biladilar.
- Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zluq ibn Tarxon Forobiy (873–950). Arastudan keyingi ustoz «Muallimi soniy» – «Ikkinchi muallim» nomini olgan buyuk faylasuf. Uning qarashlarida ezgulik bilan go‘zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. Shuning uchun uning asarlarida «Go‘zal xatti–harakatlar», «Go‘zal qilmishlar» degan iboralarni uchratish mumkin. Go‘zallikka yetishishni u falsafa tufayli ro‘y beradi, deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go‘zalligi uning o‘z borlig‘ini to‘la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog‘liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go‘zallikni farqlaydi–ichki va tashqi.
- Estetika kategoriyalarining tasnifi. Har bir fanning muayyan tadqiqot obekti bo‘lib, bu obekt tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi. Ma’lumki, dialektikaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, bu kategoriyalar (yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil etishga ko‘mak beradi. Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go‘zallik, hunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.)inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
- «Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan javobni ko‘ramiz. Shuning uchun ham odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.
- Go‘zallikning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va xis etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular - me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamoxanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa–hodisalarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etib, undagi go‘zallikni namoyon ettiradi.
- Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlariesa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa–hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |