Тошкент архитектура қурилиш институти “Қурилиш механикаси ва иншоотлар зилзилабардошлиги” кафедраси “Материаллар қаршилиги” фани 1-амалий машғулоти Мавзу: Ички кучларни аниқлаш. Кесиш усули


Download 0.74 Mb.
bet1/3
Sana30.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1309900
  1   2   3
Bog'liq
1-Маъруза


1
    • 1.Asosiy tushunchalar. Fanning maqsad va vazifalari. Fan tekshiradigan masalalar. Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.

2

Reja
Har bir inshoot yoki mashina loyihaviy hujjatlar asosida quriladi. Demak inshoot qurilishidan avval loyiha-konstruktorlik ishlari olib boriladi va mazkur inshoot uchun loyiha hujjatlari tayyorlanadi. Loyihash jarayonida inshootlarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri ularning ishlash muddatida chidamli bo’lishi, xavf xatarli holatlardan ma’lum darajada kafolatlangan bo’lishidir. Inshoot va mashinalar mustahkam bo’lishi bilan birga bikr bo’lishi ham zarur, ya’ni konstruksiya yoki uning ayrim qismlarida tashqi kuchlar tasirida katta deformatsiyalar sodir bo’lmasligi kerak
Muhandis-konstruktorlar tegishli hisoblar bajarish natijasida loyihaning turli variantlarini tuzadilar va ular ichidan yuqorida qo’yilgan 3ta asosiy talabga javob beradigan eng maqul (optimal) variantni tanlaydilar. Inshootlarni loyihalashda bajariladigan hisoblarning asosiy qismi inshoot qismlaridagi zo’riqish va deformatsiyalarni aniqlashdan iborat bo’lganligi sababli materiallar qarshiligi fanini quyidagicha tariflash mumkin; materialar qarshiligi inshoot konstruksiyalari, mashina qismlarining mustahkamlikka , bikrlikka va ustivorlikka hisoblash uchun zarur bo’lgan zo’riqish va deformatsiyalarni aniqlash usullarini o’rgatuvchi fandir.
Mustahkamlik deb konstruksiya va undagi elementlar materialining tashqi kuchlar tasiriga yemirilmay qarshilik ko’rsata olish qobiliyatiga aytiladi. (keyinchalik mustahkamlik tushunchasiga yana aniqlik kiritiladi)
Bikrlik deganda jism yoki konstruksiyaning deformasiya hosil bo’lishiga qarshilik ko’rsata olish qobiliyati tushuniladi.
Ustivorlik deganda konstruksiyaning uni dastlabki muvozanat holatidan chiqarishga intiladigan kuchlarga qarshilik ko’rsata olish qobiliyati tushuniladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling