Toshkent arxitektura-qurilish institute


Loyli gruntlar suv qo‘shilganda qattiq holatdan yumshoq holatga, namlik yanada oshirilganda esa oquvchanlik holatiga oson o‘tadi


Download 0.78 Mb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1051918
1   2   3   4
Bog'liq
Yuldashev T

Loyli gruntlar suv qo‘shilganda qattiq holatdan yumshoq holatga, namlik yanada oshirilganda esa oquvchanlik holatiga oson o‘tadi.

Loyli gruntlar asosan kimyoviy ta’sir natijasida tog‘ jinsining yemirilishi tufayli hosil bo‘ladi. Ularning tarkibini kam miqdorda uchraydigan mayda kumli va changsimon zarralar bilan bir katorda ignasimon va yoysimon shakldagi o‘lchami 0,005 mm dan kichik loysimon zarrachalar tashkil etadi. Tadqiqotchi olimlarning guvohlik berishicha, loysimon zarrachalar birlamchi minerallarning kimyoviy yemirilishidan hosil bo‘lgan ikkilamchi minerallardan tashkil topgan. Shuning uchun ham ular namlanganda ko‘pchib, quritilganda qotish xususiyatiga ega bo‘ladi.

Loysimon minerallar kaolinit, illit (gidroslyuda) va montmorillonit deb nomlanuvchi turkumga bo‘linadi. Montmorillonit zarralari nihoyatda mayda bo‘ladi. Kaolinit turkumiga kiruvchi loysimon minerallar, asosan, yer yuzasidagi chuchuk suvlar oqimidan hosil bo‘lib, mustahkam bog‘langan kristall panjarali boladi. Suv ta’sirida ular deyarli ko‘pchimaydi.

Loysimon minerallar kaolinit, illit (gidroslyuda) va montmorillonit deb nomlanuvchi turkumga bo‘linadi. Montmorillonit zarralari nihoyatda mayda bo‘ladi. Kaolinit turkumiga kiruvchi loysimon minerallar, asosan, yer yuzasidagi chuchuk suvlar oqimidan hosil bo‘lib, mustahkam bog‘langan kristall panjarali boladi. Suv ta’sirida ular deyarli ko‘pchimaydi.

Sovuk va iliq iklim sharoitida dengiz va quruqlikda hosil bo‘ladigan illit turkumiga kiruvchi loysimon zarrachalar ko‘proq to‘rtlamchi muzlik davri qatlamlarida uchraydi. Bunday loyli gruntlarga xos bo‘lgan xususiyat ularning kam ko‘pchishidir. Montmorillonit turkumiga kiruvchi minerallar dengiz va quruqlik sharoitidagi sho‘r suvlarda hosil bo‘ladi. Kristall panjarali bunday minerallar serg‘ovak bo‘lib, g‘ovaklariga suv molekulalari kirganida panjaralar orasi kengayadi. Natijada mineral ko‘pchishi yuzaga keladi.

  • Sovuk va iliq iklim sharoitida dengiz va quruqlikda hosil bo‘ladigan illit turkumiga kiruvchi loysimon zarrachalar ko‘proq to‘rtlamchi muzlik davri qatlamlarida uchraydi. Bunday loyli gruntlarga xos bo‘lgan xususiyat ularning kam ko‘pchishidir. Montmorillonit turkumiga kiruvchi minerallar dengiz va quruqlik sharoitidagi sho‘r suvlarda hosil bo‘ladi. Kristall panjarali bunday minerallar serg‘ovak bo‘lib, g‘ovaklariga suv molekulalari kirganida panjaralar orasi kengayadi. Natijada mineral ko‘pchishi yuzaga keladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling