Toshkent arxitektura-qurilish instituti “arxitektura” fakulteti “bino va inshootlarni loyihalash” kafedrasi


Download 82.76 Kb.
bet1/2
Sana04.08.2023
Hajmi82.76 Kb.
#1665159
  1   2
Bog'liq
3-labaratoriya ishi


TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
“ARXITEKTURA” FAKULTETI
“BINO VA INSHOOTLARNI LOYIHALASH” KAFEDRASI
“ARXITEKTURAVIY FIZIKA” FANIDAN
3
LABARATORIYA ISHI
Akustika va uning tarkibi
Guruh: 9.20 Ao’
Talaba: isroilov abutolib
Mavzu: Akustika va uning tarkibi
REJA:

Akustika (yun. akustikos – eshitaman) – fizikaning tovush hodisalarini, ya’ni jismda mexanik toʻlqinlarning paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan boʻlimi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. 17-asrga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni orasida bogʻlanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi Mersenn (1588–1648) tovush toʻlqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar va tovush tezligini oʻlchadilar. Torrichelli vakuumda (havosiz joyda) tovush tarqalmasligini isbot qildi. Reley A.ning nazariy asoschisi boʻldi;
Uning "Tovush nazariyasi" (1877) kitobi bosilib chiqdi. A. quyidagi sohalarga boʻlinadi:
  • Umumiy akustika
  • Fiziologik akustika
  • Elektr akustika
  • Me’moriy akustika
  • Qurilish akustika
  • Musiqa akustika
  • Gidroakustika,
  • Atmosfera akustika
  • Harbiy akustika

Masalan, chaqmoq bizdan 5 km narida chaqqan deb tasavvur qilaylik. Bu holatda undan chaqnagan yorug‘lik tahminan 1/60000 soniyada ko‘zlarimizga yetib keladi, deyarli shu zahotiyoq biz uni ko‘ramiz. Ammo uning tovushi shu 5 km masofani 3 soniyada 1 km dan bosib o‘tib, tahminan 15 soniyadan keyin quloqlarimizga yetib keladi.
Kechikishni qisqa masofalarda ham sezish mumkin. Masalan, 100 metr narida urilayotgan bolg‘a zarblarining tovushi zarbaning o‘zida soniyaning uchdan biriga kech qolib eshitiladi. Havodagi tovush tezligi harorat ortishi bilan tezlashadi. Quruq havoda va 0 ºС haroratda tovush tezligi 331.5 metr/soniyani, 20 ºC haroratda esa, 343,1 metr/soniyani tashkil qiladi. Balandlik ortishi bilan tovush tezligi kamayadi.

Download 82.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling