Toshkent arxitektura qurilish instituti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


I. Texnologik qism 1.1 Maxsulot nomenklaturasi


Download 0.51 Mb.
bet3/16
Sana06.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1330005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Musayeva Maloxat BMI

I. Texnologik qism

1.1 Maxsulot nomenklaturasi


1.1-jadval Berilgan diplom mavzusi “Plastik usulda keramik g’isht ishlab chiqarish korxonasini loyihalash ” vazifasiga ko’ra QMQ 2.04.02-97 gost bo’yicha Gost talablariga javob beruvchi g’isht ishlab chiqarish loyihasi ko’zda tutilgan.





Buyum markasi

Buyum eskizi

O’lchov birliklari, мм

Bitta g’ishtnig xajmi
Vм ,
м3

Bitta g’ishtnig
zichligi,



Bitta g’ishtnig
og’irligi,
kg

uzunligi

Eni

Balandligi

1

250



250


120


65


0.00195


1600


3.12

Mineral xom ashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi “Keramika” so'zi lotincha "Keramos" so'zidan olingan bo'lib, glina (gil) ma'nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan tayyorlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g'isht eramizdan avvalgi 3500- 4000 y., cherepitsa va sirlangan g'isht esa qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura yodgorliklari qurilish materiallari asosan keramikadandir. Hozirgi kunda effektiv g'isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariya-texnika buyumlari, mashinasozlik, elektronika, energetika tizimlari uchun maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda.
Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Tuzilishiga ko'ra g'ovak va zich keramik buyumlarga bo'linadi. G'ovak keramikaning suv shimuvchanligi massa bo'yicha 5% dan ko’p bo’ladi. Bularga devorbop g’isht va bloklar, tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi.
Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo'yicha 5% kam boladi. Ularga yerga yotqiziladigan klinker g'ishti, yirik olchamli keramik plitalar, pol plitalari kiradi. Erish haroratiga ko'ra keramik materiallar yengil eruvchan (1350 oC past), qiyin eruvchan (1350- 1580 oC, erimaydigan (1580-2000 oC) turlarga bo'linadi. Keramik materiallar va buyumlami xom ashyoning hamma yerda mavjudligi, arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko'plab ishlab chiqarish inikonini beradi.
Qumli soztuproq va texnogen chiqindilarni qo’llagan holda g’isht olish texnologiysini ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- dastlabki hom ashyo va tehnogen chiqindilarni fizik kimyoviy tarkib hossalarini o’rganib chiqib g’isht tarkiblarini ishlab chiqish
- keramik massani tayyorlash usulini va quyish rejimlarini ishlab chiqish
-fizik mexanik hossalari yuqori bolgan 250x120x65 olchamli keramik g’isht olishning energotejamkor texnologiyasini yaratish
- olingan natijalar asosida g’isht ishlab chiqarishning texnik iqtisodiy samaradorligini aniqlash
- fizik mexanik hossalar yuqori bolgan 250x120x65 olchamli keramik g’isht ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida qumli soztuproq g’isht sinigi yoqilg’i sifatida koks ishlatiladi Bu usulda g’isht ishlab chiqarishda bir xil tarkibli press kukuni olnishi past sifatli hom ashyodan sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi Sachratqichli quritgichda hosil bo’lgan kukundan presslangan g’isht 2 barobar kam suv shimuvchanlik 7 barobar kam ishqalanishga 3 barobar mustahkamlikka ega. Bu xaqda xam barcha meyoriy xujjatlarda QMQ 2.01.01-94, QMQ 2.03.11-96, QMQ 2.01.03-96, QMQ 2.01.07-97, QMQ 2.03.01-96 batafsil ko’rsatilgan.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling