Toshkent arxitektura qurilish instituti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti
Download 0.51 Mb.
|
Musayeva Maloxat BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devorbop keramik buyumlar
- Keramik toshlar va g’ishtlar.
Yengil vazinli qurilish g’ishti. Bunday g’ishtlar yonuvchan qo’shilmalar aralashtirib qoliplanadi. Yonuvchan qo’shilmalar sifatida yog’och qirindisi, tuyilgan toshko’mir maydasi va tuyilgan tosh ishlatiladi. Yuqori xaroratda loydagi yonuvchan qo’shilmalar (maydalangan g’uzapoya) yonib o’rnida g’ovaklar xosil bo’ladi va g’isht vazni yingillashadi. Xajm og’irligi, bo’yicha yingil vazinli g’isht uch sinfga bo’linadi, yani А sinf – 700 dan 1000 kg/м3 gacha, Б – 1000 dan 1300 kg/м3 gacha, В – 1300 dan 1450 г/м3 gacha. Siqilishdagi mustaxkamligi bo’yicha А sinfi – 75, 50, 35, Б sinfi – 75, 50 va В sinfdagi g’ishtlar esa 100, 75, 50 markalarga bo’linadi.
Qurilishda ko’p teshikli yoki yingil vazinli g’ishtlarni ishlatish natejasida ishlab chiqarish va g’ishtni tashishga sarflanadigan xarajatlar kamayadi. Shu bilan birga bunday g’ishtlardan terilgan devor yingil bo’ladi va o’zidan issiqlikni kam o’tqazadi xamda zilzila xududlar uchun qo’lay. 2-rasm Yengil g’ovakli keramik g’ishtla Devorbop keramik buyumlar Devorbop keramikaga oddiy keramik g’isht, turli efiktiv keramik materiallar (kovakli, g’ovakliva kovakli-g’ovakli g’ishtlar, yingil, kovakli keramik toshlar, bloklar va plitkalar) xamda yirik o’lchamli bloklar va g’isht, keramik tosh asosidagi panillar kiradi. Keramik toshlar va g’ishtlar. Keramik toshlar va g’ishtlar oson eriydigangillar va qo’shimchalar qo’shilgan gillar asosida tayyorlanadi asosan bino, inshoatlar tashqi va ichkidevorlarini qurishda ishlatiladi. G’ishtlar va keramik toshlar o’lchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: Oddiy g’isht 250х120х65 mm (1, а-rasm), modulli 250х120х88 mm (1.b-rasm), yirik 288х138х65 mm (1.v-rasm), oddiy tosh 250х120х138 mm (1.g-rasm), yirik tosh 250х138х138 mm(1.d-rasm), modulli tosh 250х250х138 mm (1.e-rasm) va kovakli gorizantal joylashgan toshlar 250х250х120 mmva 250х250х80 mm(1.j-rasm). 3-rasm.Keramik g’ishtlar va toshlar turlari G’isht: а-oddiy, b-modulli, v-yirik. Tosh; g-oddiy, d-yirik, e-modulli, j-vaz-kovaklari gorizantal joylashgan G’ishtlarda o’lchamlardan chetga chiqish uzunligi bo’yicha 5 mm, eni bo’yicha ±4 mm va qalinligi bo’yicha ±3 mm gacha ruxsat etilgan. G’isht va toshlar narmal pishirilgan bo’lishi kerak. Yitarli darajada kuydirilmasa (alvonrangli) mustaxkamligi past, suvga va sovuqqa chidamli bo’lmaydi, o’ta pishgan g’isht va tosh esajuda zich, mustaxkam, lekin issiqlik o’tqazuvchanligi yuqori bo’ladi. Keramik toshlar va g’ishtlar tashqi nuqsonlari quyidagicha izoxlanadi: o’lchamlaidagi o’zgarishlar, qirra va qovurg’alarining notekisligi, uchganligi, darzlar va boshqalar. Nuqsonli g’ishtlar umumiy g’ishtlar sonining 5% oshmasligi kerak. Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha g’ishtning markasini aniqlash 1-jadvalda berilgan. Siqilishdagi va egilishdagi mustaxkamlik chigarasi bo’yicha g’isht quyidagi markalarga bo’linadi: 75; 100; 125; 150; 175; 200 ва 300. G’isht va toshning sovuqqa chidamliligi 15, 25, 35 va 50 sikl bo’ladi. Suv shimuvchanligi 150 markadagi to’liq g’isht uchun 8% kam emas, yuqori markadagi to’liqg’ishtlar uchun 6% kam bo’lmasligi shart.G’isht va toshlarning issiqlik o’tqazuvchanlik koeffisinti 0,71-0,82 Vт/ (м.0С) atrofida bo’ladi. G’isht va toshlar qo’ruq xolda o’rtacha zichligi bo’yicha 3 guruxga bo’linadi: -oddiy-o’rtcha zichligi 1600 kg/м3gacha; -shartli-efiktiv-o’rtacha zichligi 1400-1600 kg/м3gacha; -effiktiv-o’rtacha zichligi 1400-1450 kg/м3gacha. G’isht va toshlarning kovaklari yuzaga nisbatan parallel yoki perpindikulyar bo’lishi va kovaklar ikkala tomoni yoki bir tomoni ochiq bo’lishi mumkin. Ochiq silindrik kovaklarning deyametri 16 mm gacha, tirqishsimon kovaklarning eni 12 mm gacha bo’lishi kerak. Effiktiv g’isht va toshlarning ishlatilishi tashqi devor qalinligini kamaytiradiva material sarfini 40% pasytiradi, bino zaminiga tushadigan kuchniva transport xarajatlarini qisqartiradi. 1.2-jadval Siqilishdagi va egilisgdagi mustaxkamlik chigarasi bo’yicha g’ishtning markasi
Zavoddan istimolchiga yuborilayotgan g’isht partiyasi pasportida g’ishtning turi, o’rtacha zichligi, sovuqqa chidamliligiva bu ko’rsatkichlar aniqlangan Davlat standartlari (ДС) ko’rsatiladi. Oddiy va modulli to’liq plastik prislangan g’ishtlar ichki va tashqi devorlar, sokl va poydevorlar, pollar qo’rilishida ishlatiladi. Yarim qo’ruq usulda olingan to’liq g’isht va kovakli g’ishtlar sokl va poydevorlarning doimo suv tegib turadigan qismiga ishlatilmagani maqul. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling