Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 46-17 guruh talabasi Mingboyev Hayotning
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
1 Bob bo’yicha xulosalar 1. O‗zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari, muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati, energiya muammosi hal etilishidagi, I. Karimovning ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Farmonida qilinadigan ishlar tahlil qilindi. 2. Jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lgan ekologik muammolarni bartaraf etishda muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati asoslab berildi. 3. O‘zbekistonda energiya muammosini hal etishdagi quyosh energiyasidan foydalanishning ahamiyati, quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega ekanligi, quyosh energetikasini rivojlantirish istiqboli haqidagi masala, hamda quyosh energetikasini rivojlantirish O‗zbekiston uchun juda foydali natijalarni berishi o‘rganib chiqildi. 27 II bob Isitish tizimlarida quyosh energiyasidan foydalanish Sanoat va qishloq xo‗jaligi texnologik jarayonlari, isitish va issiq suv ta‘minoti hamda havoni mu‘tadillash uchun past va o‗rta temperaturali issiqlik ishlab chiqarish quyosh energiyasidan foydalanishning asosiy yo‗nalishlaridan biridir. Respublika yoqilg‗i-energetik balansi hisobidagi energiya miqdorining 25% isitish va issiq suv ta‘minotida iste‘mol qilinadi. Shuningdek, respublikaning radiatsiya-iqlim sharoitida isitish va issiq suv ta‘minoti uchun quyosh energiyasidan foydalanish texnikaviy va iqtisodiy nuktai nazardan eng samarali hisoblanadi. Eng qulay iqlim sharoitiga ega bo‗lgan janubiy mintakalarda uy-joy- kommunal ho‗jalik sohasida iste‘mol qilinadigan umumiy issiqlik miqdorining 50...70% issiq suv ta‘minotida ishlatiladi. Individual xo‗jaliklar rivojlanishi bilan quyosh qurilmalariga (avtonom va ekologik toza energiya manbai sifatida) bo‗lgan talab ortib boradi. Quyosh nuri yordamida olinadigan issiqlikni tejamli va kam xarajat sarf qilib hosil qilish uchun quyosh gelio qurilmalari bilan issiq suv nasoslarini birgalikda ishlatilishi, kelajakda odatdagidek ishlatilib kelayotgan issiqlik qurilmalaridan berilayotgan jami issiqlik miqdorining 30-50% tashkil etadi. 28 Issiqlik energiyasini hosil qiluvchi tabiiy yoqilg‗ilar neft, gaz va boshqalar milliy boyliklardir. Shu sababli tugamaydigan tabiiy quyosh energiyasidan foydalanish hozirgi davrda dolzarb masalalardan biri bulib turibdi [32]. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling