Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 46-17 guruh talabasi Mingboyev Hayotning
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’chqorova D 2 Reja
1 TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI Muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 46-17 guruh talabasi Mingboyev Hayotning “Muqobil energiyadan foydalanish” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu : Quyosh energiyasi yordamida isitish tizimini hisoblashning o’ziga hosligi O’qituvchi : Qo’chqorova D 2 Reja : Kirish. 1. O‗zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati 2. Ekologik muammolarni bartaraf etishda muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati 3. O‘zbekistonda energiya muammosini bartaraf etishda quyosh energiyasidan foydalanishning ahamiyati Xulosa 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Sanoat va qishloq xo‗jaligi texnologik jarayonlari, isitish va issiq suv ta‘minoti hamda havoni mu‘tadillash uchun past va o‗rta temperaturali issiqlik ishlab chiqarish quyosh energiyasidan foydalanishning asosiy yo‗nalishlaridan biridir. Respublika yoqilg‗i-energetik balansi hisobidagi energiya miqdorining 25% isitish va issiq suv ta‘minotida iste‘mol qilinadi. Shuningdek, respublikaning radiatsiya-iqlim sharoitida isitish va issiq suv ta‘minoti uchun quyosh energiyasidan foydalanish texnikaviy va iqtisodiy nuktai nazardan eng samarali hisoblanadi. Eng qulay iqlim sharoitiga ega bo‗lgan janubiy mintakalarda uy-joy- kommunal ho‗jalik sohasida iste‘mol qilinadigan umumiy issiqlik miqdorining 50...70% issiq suv ta‘minotida ishlatiladi. Individual xo‗jaliklar rivojlanishi bilan quyosh qurilmalariga (avtonom va ekologik toza energiya manbai sifatida) bo‗lgan talab ortib boradi. Quyosh qurilmalari kommunal-xo‗jaliklarda, shaxsiy uylarda, madaniy va maishiy xizmat hamda davolash muassasalarida keng kullaniladi. Shuning bilan birga issiq suv ta‘minot darajasi turmush tarzini belgilaydi va insonlarning yashash sharoiti yaxshilangan sari issiq suv iste‘moliga bo‗lgan talab ortib boradi. An‘anaviy energiya manbalardan uzoqda joylashgan mintakalarda quyosh kurilmalaridan keng foydalanish energetik, ekologik va sotsial axamiyatga ega. Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va undan foydalanish sohasidagi jahon tajribasiga ko‗ra past haroratli iste‘molchilarning samarali issiqlik ta‘minoti tizimlaridan biri passiv isitish tizimlaridir. Passiv quyoshli isitish tizimlari ichida avvalo o‗zining konstruktiv yechimlari nuqtai nazardan 4 oddiyligi bilan ajralib turadigan insolyatsion passiv tizimlar eng katta amaliy qiziqish kasb etadi. Insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarida quyosh nurlari isitiladigan xonaga uning o‗lchamlari odatdagidan kattaroq bo‗lgan derazasi ya‘ni shaffof to‗siqlari orqali kirib uning nur qabul qiluvchi va issiqlik jamlovchi qurilmalari vazifasini o‗tovchi ichki jixozlari tomonidan yutiladi va issiqlikka aylanadi. Bu turdagi quyoshli isitish tizimlari eng yuqori issiqlik samaradorligiga ega bo‗lishi bilan birga nobarqaror harorat rejimi, kechki paytlarda shaffof to‗siqlar orqali issiqlik yo‗qotilishini kamaytirish uchun yordamchi moslamalarning talab etilishi va kunduzgi paytlarda ro‗y berishi mumkin bo‗lgan issiqlik va yorug‗lik diskomforti holatlari kabi bir qator kamchiliklarga ham ega. Insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarining yuqorida ko‗rsatilgan kamchiliklari ularda quyosh nurlanishi kollektori va xonaning ichki isitish jihozlari funksiyalarini o‗zida mujassamlashtirgan va shaffof to‗siq yonida o‗rnatilgan qisqa muddatli issiqlik jamlagichlardan foydalanish hisobiga ma‘lum darajada bartaraf qilinishi mumkin. Mazkur tipdagi quyoshli isitish tizimlarining elementdarini shu tarzda joylashtirish natijasida quyosh nurlanishi kollektori va issiqlik jamlagich sirtidan tarqalayotgan issiqlik atrof muhitga yo‗qolmasdan foydali energiya sifatida isitiladigan xonaga beriladi. Isitiladigan xonaga kiradigan quyosh nurlanishi energiyasi miqdorini unga tashqi tomondan o‗rnatilgan va shaffof to‗siqning pastki asosiga sharnirli biriktirilgan harakatlanuvchan yassi nur qaytargich yordamida qo‗shimcha yoritish hisobiga oshirilishi mumkin. Yuqorida ko‗rsatilgan tizimlarning Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim sharoitlarida real imkoniyatlarini aniqlash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur masala bizning Respublikamiz uchun ham dolzarb bo‗lib, uning hal qilinishi insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarining asosiy elementlarini o‗zaro joylashtirishning oqilona konstruktiv yechimlarini tanlash, ularning asosiy parametrlarini optimallashtirish va bajarilgan hisobiyoptimizatsion tadqiqotlarning haqqoniyligini tajribaviy tekshirishga olib kelinadi. 5 Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling