Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 46-17 guruh talabasi Mingboyev Hayotning
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalarning elon qilinganligi.
- I bob. Muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati. Energetik va ekologik muammo
Ishning sinovdan о‘tishi. Dissertatsiya ishining natijalari va asosiy holati
2012 yilning aprel oyida Karshi DU da о‗tkazilgan ―Nanotexnalogiya va kayta tiklanadigan energiya manbalari muammolari va yechimlari ― respublika ilmiy- amaliy konferensiyasida muhokama qilingan. Natijalarning elon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va natijalari umumiy soni 3 ta, shu jumladan 1 ta ilmiy jurnalda va 2 ta respublika anjuman materiallari va tо‗plamlarida chop qilingan ilmiy maqolalarda bayon qilingan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish qism, 3 bob va xulosadan iborat. Ish 79 sahifada bayon qilingan bо‗lib 13 chizma, 6 jadval va 59 manbani о‗z ichiga olgan foydalanilgan adabiyotlar rо‗yxatidan hamda internet saytlaridan iborat. 8 I bob. Muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati. Energetik va ekologik muammo Mamlakatimizda bugungi kunda mazkur qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanishda birmuncha tajribalar o‗tkazilgan. Energiya manbalarining muqobili bo‗lgan quyosh energiyasidan foydalanib, elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar — fotoelektr qurilmalar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan. Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan birga sohani rivojlantirish uchun asos bo‗ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga egadir. Ma‘lumki, «Energiyadan oqilona foydalanish to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida «Energiya ta‘minoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu tashkilotlarning tarmoqlariga energiya ta‘minoti tashkilotlari bilan kelishilgan, markazlashtirilgan energiya ta‘minoti tarmoqlari va manbalarining eng oqilona ish rejimini ta‘minlaydigan miqdorlarda va rejimlarda energiya berish huquqiga ega» deb belgilangan. Energiya ta‘minoti tashkilotlari mazkur ishlab chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda chiqariladigan narxlar bo‗yicha o‗z tarmoqlariga qabul qilib olishni ta‘minlashlari shart. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi loyihalar va dasturlarga muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 9 foydalanadigan, ikkilamchi resurslar va chiqindilarni ishlatadigan energetika qurilmalari uchun belgilanadigan elektr va issiqlik energiyasining narxlari ana shu qurilmalar qurilishiga ketgan kapital mablag‗lar O‗zbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini ta‘minlashi lozimligi belgilab qo‗yilgan. Ammo, qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqish, tarqatish, sotish, undan foydalanish kabi tizimni tartibga soladigan bir qator masalalar yechimi ochiq qolgan. Shu sababdan ham ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasining ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling