Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 46-17 guruh talabasi Mingboyev Hayotning


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana30.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1733431
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
  
1 Bob bo’yicha xulosalar
1. O‗zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari, muqobil 
energiya tizimini yaratish zaruriyati, energiya muammosi hal etilishidagi,
I. Karimovning ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Farmonida qilinadigan ishlar tahlil qilindi.
2. Jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lgan ekologik 
muammolarni bartaraf etishda muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati 
asoslab berildi. 3. O‘zbekistonda energiya muammosini hal etishdagi 
quyosh energiyasidan foydalanishning ahamiyati, quyosh energiyasidan 
foydalanishda katta salohiyatga ega ekanligi, quyosh energetikasini rivojlantirish 
istiqboli haqidagi masala, hamda quyosh energetikasini rivojlantirish 
O‗zbekiston uchun juda foydali natijalarni berishi o‘rganib chiqildi.
  
  


27
  
  
  
  
  
  
  
  
  
II bob Isitish tizimlarida quyosh energiyasidan foydalanish
  
Sanoat va qishloq xo‗jaligi texnologik jarayonlari, isitish va issiq suv 
ta‘minoti hamda havoni mu‘tadillash uchun past va o‗rta temperaturali issiqlik 
ishlab chiqarish quyosh energiyasidan foydalanishning asosiy yo‗nalishlaridan 
biridir. Respublika yoqilg‗i-energetik balansi hisobidagi energiya miqdorining 
25% isitish va issiq suv ta‘minotida iste‘mol qilinadi. Shuningdek, respublikaning 
radiatsiya-iqlim sharoitida isitish va issiq suv ta‘minoti uchun quyosh 
energiyasidan foydalanish texnikaviy va iqtisodiy nuktai nazardan eng samarali 
hisoblanadi.
Eng qulay iqlim sharoitiga ega bo‗lgan janubiy mintakalarda uy-joy-
kommunal ho‗jalik sohasida iste‘mol qilinadigan umumiy issiqlik miqdorining 
50...70% issiq suv ta‘minotida ishlatiladi. Individual xo‗jaliklar rivojlanishi bilan 
quyosh qurilmalariga (avtonom va ekologik toza energiya manbai sifatida) 
bo‗lgan talab ortib boradi.
Quyosh nuri yordamida olinadigan issiqlikni tejamli va kam xarajat sarf qilib 
hosil qilish uchun quyosh gelio qurilmalari bilan issiq suv nasoslarini birgalikda 
ishlatilishi, kelajakda odatdagidek ishlatilib kelayotgan issiqlik qurilmalaridan 
berilayotgan jami issiqlik miqdorining 30-50% tashkil etadi.


28
Issiqlik energiyasini hosil qiluvchi tabiiy yoqilg‗ilar neft, gaz va boshqalar 
milliy boyliklardir. Shu sababli tugamaydigan tabiiy quyosh energiyasidan 
foydalanish hozirgi davrda dolzarb masalalardan biri bulib turibdi [32].

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling