Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Tipologiya – turli bino va inshootlar arxitekturasining shakllanish prinsiplari 
to‘g‘risidagi fan. U kompleks, bir-biriga bo‘ysunuvchi talab va parametrlarni ochib 
beradi, bino va inshootlar tiplarining tasniflanishi va nomenklaturasini yaratib 
beradi. Barcha jamoat binolari va inshootlarining arxitekturasiga universal omillar: 
ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ekologik, shaharsozlik, funksional, kompozitsion, 
hajmli-rejali, konstruktiv, me’moriy-badiiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat 
rivojlanishining, xususan, chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega arxitekturaning 
rivojlanishining turli davrlarida yuqorida qayd etilgan omillarning o‘sha davr uchun 
xos bo‘lgan turlari ustuvor mavqega ega bo‘lgan. Bu omillarning yetakchi roli 
to‘g‘risidagi bahs-munozaralar ana shu tarkibiy qismlarning o‘zaro ta’siri va oqilona 
mujassamligi binoning tugallangan tipini shakllantirishini isbotlab berdi. Har xil 
funksiyalar, konstruksiyalar va shakllarning yagona me’moriy asarda birlashtirilishi 
to‘g‘risidagi fikr Vitruviy qalamiga mansub “Foydalilik. Mustahkamlik. Go‘zallik” 
triadasida keltirilgan. 
TAQI “Arxitektura” fakulteti “Bakalavriyat” bo‘limida oliy arxitekturaviy 
ta’limning maqsadi 4,5 o‘quv yili davomida keng profilga ega bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida vujudga keladigan ijodiy 



masalalarni mustaqil ravishda, yuqori professional darajada yechishga qodir bo‘lgan 
arxitektorlarni tayyorlashdan iboratdir.Shu maqsadda xozirgi kunda axolining 
ma’naviy va madaniy xordiq olishlari uchun yetarlicha dam olish maskanlari va 
tomosha binolarini loyihalashga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.Xar bir bino 
loyihasining o‘ziga yarasha ma’suliyati bo‘lgandek tomosha kshrsatish binolarini 
xam loyihalashda o‘z talab va qoidalari mavjud, bunda esa arxitektorning vazifasi 
kattadir. 
“Arxitekturaviy loyihalash” fani (bosqichi) bo‘lajak arxitektorlarga nafaqat 
bilimlar majmuasi va amaliy uquvlarni beradi, balki xususiy buyurtmada u yoki bu 
konkret ob’yektni umumlashgan holda ko‘ra olishni ham o‘rgatadi: katta mamlakat, 
murakkab iqlim va geologik sharoitlar, yuqori seysmiklik, buyuk arxitekturaviy 
an’analar – butun jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mashhur arxitektura yodgorliklari, 
ajoyib va mehnatsevar, sabr – qanoatli, tinch – osoyishta, arxitekturaviy go‘zallikni 
ardoqlovchi va yuqori baholaydigan xalqning barcha fazilatlarini arxitektor o‘zining 
loyihasiga singdirishi lozim.

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling