Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Umumshahar 
markazi – epizodik 
xizmat 
ko‘rsatish – shahar 
miqyosi – uchinchi bosqich. Tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- teatrlar; 
- muzeylar; 
- kinomarkazlar; 
- ko‘rgazma zallari; 
- yirik sport inshootlari; 
- yirik savdo markazlari. 
Aholiga xizmat ko‘rsatishning bosqichli sxemasiga kasalxona va yirik ilmiy 
markazlar kiritilmaydi, sababi, ularning aksariyat qismi aholi istiqomat qiladigan 
hududlarda emas, balki shaharning landshaft-rekreatsiya zonasida joylashtiriladi. 
Shahar va qishloq hududlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonlarini 
istiqomat qilish joylari va ishxonalarga yaqinlashtirib joylashtirish va odatda, jamoat 
markazlarini jamoat yo‘lovchi transport tarmog‘i bilan bog‘lanishini ko‘zda tutish 
lozim. Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalari soni va sig‘imlarini 
hisoblashda belgilangan tartibda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq yoki 
loyihalash topshirig‘iga ko‘ra ishlab chiqilgan ijtimoiy normativlarga rioya qilish. 
Joylashuv tizimlarining shahar-markazlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va 
korxonalarining soni, tarkibi va sig‘imini belgilashda boshqa shahar va qishloq aholi 
punktlaridan keluvchi aholi ham hisobga olinishi zarur. Tarixiy shaharlarda esa, 
ushbu hududlarga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi ham inobatga olishinishi kerak. 
Qishloq aholi punktlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalarini qishloq 
aholisini eng zarur xizmatlar bilan 30 daqiqapi piyoda yurish radiusida 


13 
ta’minlanishini hisobga olgan holda joylashtirish zarur. Xizmat ko‘rsatishning 
yuqoriroq darajasi uchun mo‘ljallangan ob’yektlar bilan ta’minlash qishloq aholi 
punktlarining guruhlari uchun ko‘zda tutilishi lozim. Xizmat ko‘rsatishni tashkil 
etish uchun statsionar binolardan tashqari ko‘chma vositalar va mavsumiy 
foydalaniladigan inshootlar va ular uchun alohida maydonchalar ham nazarda 
tutiladi. 
Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar uchun yer uchastkasini tanlashda 
xonalarda zarur akustik sharoitlarni ta’minlashni murakkablashtiruvchi shovqinli va 
vibratsion fonlarimavjud hududlarni istisno qilish lozim. Tomosha ko‘rsatishga 
mo‘ljallangan binolar uchun yer uchastkalarining maydonlari tasdiqlangan 
me’yorlarga muvofiq belgilanadi: kinoteatrlar uchun – zaldagi bitta o‘rin uchun 5 
m
2
, konsert zallari va sirklar uchun – sig‘imiga bog‘liq holda 0,7-1,5 gektar, teatr 
binolari uchun – 1,2-1,7 gektar.Tomosha binosining bosh kirish eshigi oldida 
maydonning, shuningdek yuk tushirish maydonchalari va xo‘jalik hovlisining 
mavjudligi yer uchastkasining rejaviy tashkil etilishidagi o‘ziga xos xususiyat 
hisoblanadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan tomoshalar ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarning har 
bir turini loyihalashtirishda hajmiy-rejali, funksional yechimlarni, va shu bilan birga, 
badiiylikni ta’minlashga qaratilgan asosiy vazifa hisoblanuvchi tomoshabinlar 
kompleksi va qolgan xonalarning oqilona va eng maqbul mujassamligining 
tanlashdan iboratdir. Masalan, kinoteatr xonalari uchta guruhga bo‘linadi: 
- tomoshabinlar kompleksi; 
- kinoapparatlar xonasi; 
- xizmat-xo‘jalik xonalari. 
Teatrlarning 
xonalari 
tomoshabinlar 
va 
sahna 
qismlaridan, 
sirklarniki – tomoshabinlar va ishlab chiqarish xonalaridan, klublardagi xonalar 
esa – tomoshabinlar va klub faoliyatini yuritish bilan bog‘liq xonalar guruhidan 
iborat.Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarning har bir turi uchun xos 
bo‘lgan xususiyatlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling