Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi
Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosining barcha funksiyalarini “ustuvor” va “birgalikdagi” toifalariga ajratish mumkin Jamoat binosidagi barcha funksional jarayonlarni, uning ustuvor funksiyasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, quyidagilarga bo‘lish mumkin: - umumiy; - o‘ziga xos; - yordamchi. Binoning funksional vazifasi Binodagi funksional jarayonlar Binodagi funksional ustuvorliklar Jamoat xonalari Umumiy jarayonlar Bosh xonalar Turar-joy xonalari Yordamchi jarayonlar Birgalikdagi xonalar Ishlab chiqarish xonalari Maxsus jarayonlar Kommunikatsiyalar Funksional funksiya Funksional konstruksiya Funksional shakl Funksional zonalash – inshootni funksiyalarining umumiyligi bo‘yicha bir turdagi xonalardan iborat guruhlardan iborat zonalarga bo‘lish [2]. Funksional bloklar – funksiyalari bo‘yicha umumiy bo‘lgan xonalar guruhi. Funksional zonalashning quyidagi turlari mavjud: - gorizontal funksional zonalash – barcha funksional bloklar bir sathda joylashib, o‘zaro gorizontal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar; - vertikal funksional zonalash – barcha funksional bloklar har xil sathlarda joylashib, o‘zaro veritkal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar; - gorizontal-vertikal funksional zonalash - yuqorida keltirilgan ikki turlarning mujassamligiga asoslanadi va amaliyotda eng ko‘p tarqalgan tur hisoblanadi. 19 Funksional zonalashning asosiy vazifasi – xonalar (yoki xonalar guruhlari) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ularning aniq chegaralarini saqlagan holda aniqlash. Bu masala xonalarni muayyan tarzda guruhlash yordamida yechiladi. Bunda xonalarni guruhlashning jamoat binosining ichki hajmi tashkil qilinishiga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi asosiy sxemalarini belgilash mumkin: - yacheykali sxema; - yo‘lakli sxema; - anfiladali; - zalli sxema; - atriumli sxema; - pavilonli sxema; - aralash (kombinatsiyalashgan) sxema. Ushbu sxemalarning har birida batafsil to‘xtatilib o‘tamiz. Xonalarni guruhlashning yacheykali sxemasi funksional jarayonlar alohida kechadigan mustaqil fazoviy yacheykalardan iborat qismlardan tashkil topgan. Yacheykalar ularni tashqi muhit bilan bog‘lovchi umumiy kommunikatsiyaga ega. Xonalarni guruhlashning yo‘lakli sxemasi yagona funksional jarayonning qismlarini o‘z ichiga oladi, bu qismlar umumiy chiziqli kommunikatsiya – yo‘lak bilan bog‘lanadilar. Xonalarni guruhlashning anfiladali sxemasi bir-birining ketida joylashgan va o‘zaro umumiy o‘tish yo‘li bilan bog‘langan qator xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning zalli sxemasi qismlarga ajratilmagan katta maydonlarni talab etuvchi funksiyalar uchun yagona bo‘shliqni tashkil etishga asoslangan. Xonalarni guruhlashning atriumli sxemasi yopiq ichki hovli – atrium atrofida joylashgan va unga chiqadigan xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning pavilonli sxemasi xonalar yoki ularning guruhlarini alohida hajmlar – yagona kompozitsion yechim vositasida o‘zaro bog‘langan pavilonlarda taqsimlanishiga asoslanadi. Ushbu sxemalar mujassamlikda va birgalikda qo‘llanilishida kombinatsiyalashgan: yo‘lakli-halqali, anfilada-halqali va shu kabi sxemalar yaratiladi. Xonalarni guruhlashning yuqorida keltirilgan sxemalari jamoat binosi yoki inshootining turli kompozitsion sxemalarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilib, ular vositasida jamoat binosining hajmiy-rejali tuzilmasi shakllantiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling