Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

 
Yo‘lakli Zalli 
 
 
Anfiladali Yacheykali 
 
 
Yo‘lkali-xalqasimon Pavilonli
 
 
Yacheykali-zalli
Anfilada-halqali
 
 


21 
Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi 
Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi – bu bosh va yordamchi xonalarni, ularning 
tanlangan o‘lchamlari va shakllarini yagona butun kompozitsiyaga birlashtirish 
tizimidir. Kompozitsion sxemalarning quyidagi asosiy turlari mavjud: 
Ixcham sxema xonalar guruhlanishining zalli, atriumli va kombinatsiyalashgan 
sxemalari asosida tuziladi. 
Chiziqli sxema tarkibiga xonalar guruhlanishining yo‘lakli, galereyali va 
anifadali sxemalari kiradi. 
Ajratilgan sxema xonalar guruhlanishining pavilonli sxemasi asosida tashkil 
etiladi. 
 Binoning konstruktiv tuzilmasi 
Binoning konstruktiv tuzilmasi – binoda aniq vazifalarni bajaruvchi o‘zaro 
bog‘langan konstruktiv elementlar (poydevor, devor, orayopma, tom va boshq.) 
jamlanmasi. 
Konstruksiyalar binoda ikki vazifani bajaradilar: ular binoga tushadigan barcha 
yuklamalarni (konstruksiyalarning o‘zini, uskunalar va odamlar og‘irligini) va tashqi 
ta’sirlarni (shamol, seysmik tebranishlar va boshq.) deformatsiyasiz va buzilishlarsiz 
ko‘tarishi, shuningdek xonalarni sovuqdan, jaziramadan, yog‘inlardan, shovqin va 
boshqa kuch bilan bog‘liq bo‘lmagan noqulay ta’sirlardan himoya qilishlari lozim. 
Shunday qilib, binolar konstruksiyasi ko‘tarib turuvchi va to‘suvchi funksiyalarni 
bajaradi. Bunda ushbu funksiyalarning birlashishi yoki konstruksiyalarning ko‘tarib 
turuvchi va to‘suvchi toifalarga ajratilishi bo‘lishi mumkin. 
Jamoat binolari uchun turli konstruktiv sxemalar qo‘llaniladi: temir beton yoki 
po‘lat vertikal va gorizontal bog‘lovchi elementli to‘liq karkasdan iborat sxemalar, 
ko‘tarib turuvchi bo‘ylama yoki ko‘ndalang devorli to‘liq bo‘lmagan karkasli 
sxemalar. 
To‘suvchi konstruksiya 
Ko‘tarib turuvchi 
konstruksiya 
Qoplama turi 
Devorlar 
Bog‘lovchi 
Yassi qoplama 
Osma panellar 
Romli 
Fazoviy qoplama 
Monolit to‘siqlar 
Qayishqoq (egiluvchan) 
qavatli 
Tarkibli qoplama 
Konstruktiv funksiya 
Konstruktiv konstruksiya 
Konstruktiv shakl 


22 
Tarixdan ma’lumki, arxitektura doimo texnika va texnologiyalar rivojlanishiga 
bog‘liq bo‘lib kelgan. “Zamonaviy texnika bizning arxitekturaga chuqur ta’sir 
ko‘rsatdi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz osmono‘par binolar, Bauxauzning 
g‘oyaviy yo‘nalishlari, geodezik gumbaz, ommaviy tarzda ishlab chiqariladigan 
elementlardan yig‘ilgan binolar bo‘lmas edi”. Biroq, ta’kidlash zarurki, izlanishlar 
davom etmoqda, shu sababdan zamonaviy sharoitlardagi konstruktiv sxemalar va 
elementlarning rang-barangligi, shuningdek turli ilg‘or, doimiy ravishda 
takomillashib borayotgan texnologiyalarning mavjudligi jamoat binolarining 
arxitekturaviy konstruksiyalarini alohida mavzu sifatida ko‘rilishi taqozo etadi. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling