Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

 
 
Madaniy va ma’rifiy markaz binosining bosh tarh ko‘rinishi
 


16 
2. JAMOAT BINOLARINING FUNKSIONAL, HAJMIY-REJALI, 
KOMPOZITSION VA KONSTRUKTIV SXEMALARI. QURILISH 
STANDARTLASHTIRILISHI VA UNIFIKATSIYASI 
 
Bino va inshootning tipologik tashkil etuvchilari: 
Funksiyasi, konstruksiyasi, shakli. 
Jamoat binolarining,xususan tomosha binolarining funksional, kompozitsion va 
konstruktiv sxemalarini ko‘rib chiqishdan avval milliy arxitektura nazariyachilari 
tomonidan “funksiya”, “konstruksiya” va “shakl” degan tushunchalarga berilgan 
ta’riflar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Misol uchun, akademik A.V.Ikonnikov 
arxitektura ob’yektinining funksiyasi va shaklini quyidagicha ta’riflagan: “... 
Funksiya – arxitektura orqali hal qilinadigan amaliy va axborot tusga ega turli 
vazifalar kompleksi”; “... arxitektura ob’yektining shakli uning muhit va madaniyat 
kontekstida tashkil etilishi va mavjud bo‘lishi usulini ifodalaydi”. Keyinchalik 
me’moriy shakl tushunchasini kengaytirgan: “Texnologiyani premetli shaklga tatbiq 
etishning uchta taktikasini ajratish mumkin. Birinchisida ishlab chiqarish 
jarayonining xarakteri uning g‘oyasi manbalari qatoriga kiradi. Texnologik 
shaklning ikkinchi konsepsiyasi boshqa vositalar orqali tatbiq etilgan ideal 
texnologiyaning obrazli ifodalanishiga asoslanadi. Uchinchi konsepsiya arxitektura 
tilidan jarayon izlarini istisno qilishdan iborat bo‘lib, ob’yektning vazifasi, uning 
materiali va amalga oshirish usuli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar shaklning 
universallik prinsipiga asoslanadi”. 
Funksionalizm nazariyachilari funksiya shaklning tuzilmaviy va badiiy 
jihatlariga yakka o‘zi ta’sir o‘tkaza oladi deb hisoblar edilar. Amaliyotda 
tasdiqlanganki, me’moriy ob’yekt shakllari inshoot mazmunidan kelib 
chiqqanidagina yashay oladi, lekin mexanik tarzda emas, dialektikaga asoslangan 
bo‘lishi, ya’ni shakl bir vaqtning o‘zida mazmunni ham shakllantirishi lozim. 
funksiya, konstruksiya va shakl o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ular bir-birlarini va 
umuman binoning mavjud bo‘lishini shartlab va muvofiq sharoitlarni belgilab 
beradilar. Me’moriy shaklning uning ichida ro‘y berayotgan jarayonlarga ta’siri 
yetarlicha kuzatilgan. Misol tariqasida boshqa ijtimoiy funksiyalarga moslab 
rekonstruksiya qilingan juda ko‘p ob’yektlarni keltirish mumkin. Moslashtirilgan 
bino, garchi avvaliga boshqa fazoviy ob’yekt qulay bo‘lib ko‘ringan bo‘lsada, vaqt 
o‘tishi bilan yetarlicha qulay bo‘lib qoladi. Harakatlarning muayyan universalligi 


17 
mazmunan turlicha bo‘lgan jarayonlar parametrlari bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan 
bo‘shliqlarda amalga oshirilishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Bu, o‘z navbatida, 
istalgan arxitektura ob’yekti bir qator jarayonlar bir xilda kechishi uchun yaroqli 
bo‘lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, so‘z arxitekturaning ko‘p funksionalligi 
to‘g‘risida yuritilishi zarur. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatayaptilarki, 
ko‘p funksionallik arxitektura ob’yektining mazmun-mohiyatida kelib chiqadi. Biron 
funksiya uchun yaratilgan bo‘shliq ushbu funksiyaga nisbatan doimo keragidan ortiq 
hisoblanadi. 
Funksional potensial – o‘z ichiga ko‘p ma’noli tushunchalarning 
tarmoqlangan ierarxiyasini olgan umumlashtiruvchi atamadir [20]. Uni tashkil 
etuvchilar orasidan ”dolzarb funksiyalar” guruhini, ya’ni ist’emolchi tasavvurida 
ob’yekt shaklining qimmatli xarakteristikalari bilan bog‘liq funksiyalarni ajratish 
mumkin. Dolzarb funksiyalar tarkibida “sababli funksiyalar” guruhi bo‘lib, ular 
ob’yektning birlamchi vazifasini belgilab beradilar. “Sababli funksiyalar” “ishchi 
funksiyalar”, ya’ni arxitektura ob’yekti qurilganidan keyin unda beixtiyor 
jamlanadigan jihatlar namoyon bo‘ladigan funksiyalar kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladilar. Ishchi funksiyalar ob’yekt mavjud bo‘lishining ustuvor va har bir davri 
uchun muvofiq tarzda belgilanadigan birgalikdagi funksiyalarga bo‘linadi. 
Arxitektura ob’yektlari faoliyatining funksional xususiyatlarini ko‘rib chiqishda 
sababli funksiyadan kelib chiquvchi jarayon doim ham qabul qilingan taxminga 
muvofiq kechmasligini hisobga olish zarur. Ikki: ideal va real funksiyalarni ajratish 
lozim.. birinchisining talablariga ko‘ra ob’yekt shakllanadi, ikkinchisi bo‘yicha esa 
faoliyat ko‘rsatadi. Loyihachi ana shu farqlanishni imkon qadar kamaytirishga 
harakat qiladi, lekin, ideal funksiya o‘rta statistik iste’molchi uchun hisoblangan 
bo‘lsada, real foydalanuvchining istak-xohishlarini oldindan aniqlash qiyin. 
Me’moriy interpretatsiyalar asosida shakl va funksiya o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqliklarning o‘ziga xos jihatlar bilan shartlanadigan bir qator hodisalar yotadi. 
Bu tarkibiy qismlar bilan shlash uchun ularni umumiy mahrajga keltirish lozim. Buni 
amalga oshirish uchun “funksional shakl” (konstruksiya, funksiya), “konstruktiv 
funksiya” (shakl, konstruksiya) va “shaklli konstruksiya” (funksiya, shakl) 
tushunchalarini kiritib har bir tarkibiy qismni uch xil elementdan tashkil topgan 
butunlik ko‘rinishida qabul qilamiz. Funksional shakl (konstruksiya, funksiya) bilan 
arxitekturaviy shakl (konstruksiya, funksiya)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida 
ob’yektning funksional xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi 


18 
belgilanadi. Konstruktiv funksiya (shakl, konstruksiya) – arxitektura ob’yekti 
funksiyalari (shakli, konstruksiyasi)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida ob’yektning 
konstruktiv xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi. Shaklli konstruksiya 
(funksiya, shakl) – arxitekturaviy konstruksiya (funksiya, shakl)ni tashkil qiluvchi 
va o‘zlarida ob’yektning konstruktiv xususiyatlarini jamlagan elementlar 
mujassamligi.
Ushbu bobning keyingi bo‘limlarida bu tushunchalar qanday va 
nimalar belgilanishini ko‘rib chiqamiz. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling