Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
31 3.4. Yordamchi xonalar Jamoat binolarining yordamchi xonalari sirasiga quyidagilar kiradi: - xodimlar garderoblari; - xo‘jalik omborxonalari; - tozalash inventarlari saqlanadigan xonalar; - sanitariya bloklari; - dushxonalar; - ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari. Jamoat binolaridagi sanitariya bloklarini har bir qavatda, odamlar doim bo‘ladigan eng uzoq joylardan 75 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashtirish lozim. Rejaviy elementlarning tik yo‘nalishlari sanitariya bo‘lmalari va dushxonalarning ergonomika me’yorlari bo‘yicha talab etilgan minimal o‘lchamlarini belgilab beradilar. Masalan, hojatxonaning minimal kengligi – 800- 850 mm, minimal chuqurligi – 1200 mm (eshigi tashqariga ochilganida), qo‘l yuvgichli tambur-shlyuz (jamoat binosi sanitariya bo‘lmasining majburiy elementi) minimal kengligi – 850 mm. Dush kabinasining kengligi – 900 mm, chuqurligi – 1650-1900 mm. Ishlovchilar orasida tayanch-harakatlanish apparati yaxshi ishlamaydigan nogironlar bo‘lsa ular uchun alohida kabinalar ko‘zda tutilishi lozim. Xodimlarning garderobxonalarida dushxonalar tashkil etilishi kerak. Binolarda tozalash inventarini saqlash, yuvish va quritish uchun issiq va sovuq ta’minoti tizimiga ulangan va odatda, hojatxonalarga tutash bo‘lgan xonalar ko‘zda tutilishi lozim. Bunday xonalarning maydonlari qavatning har 100 m 2 uchun 0,8 m 2 hisobidan, lekin 4 m 2 dan kam bo‘lmagan holda belgilanadi. Qavat maydoni 400 m 2 dan kam bo‘lsa, ikkita tutash qavat uchun bitta xona tashkil qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. Sanoat korxonalarini loyihalashtirishda sog‘lomlashtirish va tibbiyot punktlari, ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari, hammomlar (saunalar), idoraviy me’yorlar bo‘yicha esa – ingolyatoriy, fotariy, qo‘l va oyoq vannalari uchun xonalar, shuningdek ish vaqtida dam olish va psixologik yukni kamaytirish uchun maxsus xonalar jamoat binolari uchun qabul qilingan me’yorlar bo‘yicha tashkil qilinishi kerak Hammom-saunani loyihalashtirishda uning tarkibiga quyidagi xonalarni kiritish lozim: yechinish-kiyinish xonasi, quruq issiq kamerasi, dushxona, sanitariya bloki, sovuq suvli basseyn, uqalash xonasi, dam olish xonasi, boshqaruv pulti 32 joylashtirilgan xona. Quruq issiqli hammomlarni tashqi devorga tutash qilib birinchi yoki sokol qavatida, tashqariga mustaqil chiqish eshigi bilan joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Ish vaqtida dam olish va psixologik yukni kamaytirish uchun maxsus xonalar, odatda, uy kiyim-boshi saqlanadigan garderob va sog‘lomlashtirish punkti yonida joylashtiriladi Dam olish va psixologik yukni kamaytirish xonalarida, agar zaruriy talab va asoslanishlar bo‘lsa, tonusni yaxshilaydigan turli ichimliklarni tayyorlash va iste’mol qilish uchun qurilmalar, shuningdek jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish uchun joylar ko‘zda tutilishi mumkin. Yerto‘la qavatlarida muhandislik xizmatlarining xonalari, omborxonalar, do‘konlar, radiouzel, kinofotolaboratoriyalar, ijaraga berish punkti, tir, sport zallari, kitob saqlanadigan va arxiv xonalarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bu kabi xonalarni tabiiy yoritilganliksiz loyihalashtirishga ruxsat beriladi. Undan tashqari, majlislar zali, ma’ruza auditoriyalari va kuluarlar, maishiy xizmat ko‘rsatish salonlari, sport va sport-tomosha zallari va avtoturargohlarni ham tabiiy yoritishsiz loyihalashtirish mumkin. Barcha jamoat binolari nogironlar va aholining kam harakatlanuvchi, shu jumladan aravachalarda harakatlanuvchi guruhlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda qurilishi zarur. Maishiy xonalardagi qatorlarning o‘qlari orasidagi masofalar va o‘tish yo‘llarining kengligi quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilish zarur [41]: Nomlanishi Ko‘rsatkich, m Rejadagi o‘lchamlari Kabinalar: yopiq dushxonalar 1,8x0,9 (1,8x1,8) Ochiq va ikki tomonida kirish-chiqish yo‘llari dushxonalar, yarim dushlar 0,9x0,9 (1,2x0,9) ayollarning shaxsiy gigienasi 1,8x1,2 (1,8x2,6) hojatxonalar 1,2x0,8 (1,8x1,65) Garderobxonalardagi o‘tirish joylari 0,3x0,8 (0,6x0,8) Ichimlik suv ta’minoti qurilmasi 0,5x0,7 Balandlik bo‘yicha o‘lchamlar Ajratuvchi pardevorlar: pardevorning yuqori qismigacha 1,8 poldan pardevorning pastki qismigacha 0,2 Garderobxonadagi ko‘cha va uy kiyim-boshi uchun shkaflar 1,65 Sanitariya asboblari o‘qlari o‘rtasidagi masofa Bir kishilik qo‘l yuvgichlar 0,65 Qo‘l va oyoq vannalari, pissuarlar 0,7 33 Qatorlar orasidagi o‘tish yo‘llarining kengligi Yopiq dush kabinalari, guruhli qo‘l yuvgichlar 1,2 (1,8) Ochiq dush kabinalari va hojatxonalar, pissuarlar 1,5 (1,8) Bir kishilik qo‘l yuvgichlar 1,8 Qo‘l va oyoq vannalari, ayollar shaxsiy gigienasi kabinalari, fotariy kabinalari 2,0 Garderob xonalardagi kiyim-bosh saqlanadigan shkaflar, qatordagi bo‘linmalar soni: 18 tagacha bo‘lsa 1,4 18 dan 36 tagacha bo‘lsa 2,0 Qavs ichidagi ko‘rsatkichlar tayanch-harakatlanish apparatida buzilishlari bor nogironlar uchun keltirilgan Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling