Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Hajmiy-rejali yechim. 
Muzey binolari 1-3 qavatli (odatda, 2 qavatli)qilib loyihalashtirilib, bunda 
gorizontal funksional zonalash afzalroq hisoblanadi. Vertikal funksional zonalash 
qo‘llanilganida ekspozitsiya, odatda, bosqichli shaklda joylashtiriladi. 
Kommunikatsiyalarga, ya’ni zinapoyalar, panduslar, yo‘laklar va galereyalarga 
alohida e’tibor beriladi – ular ichki hajmni shakllantirishda va eksponatlarni tomosha 
qilishning davomi yoki dam olish joylari sifatida harakatlanish tartibini belgilashda 
faol qatnashishi lozim. Muzeyning yuqorida qayd etilgan faoliyat turlarini va muzey 
binosidagi barcha funksional jarayonlarni tashkil etishga quyidagi asosiy funksional 
bloklar mos keladi: 
- muzeyga kirish zonasidagi xonalar guruhi; 
- ekspozitsiya qismi; 
- kino va leksiya zali; 
- ma’muriy, ishchi va yordamchi xonalar, kutubxona; 
- laboratoriya va ustaxonalar; 
- fondlar saqlanadigan xonalar; 
- texnik xonalar. 
Ushbu funksional bloklarni vazifalari bo‘yicha asosiy, yordamchi va xizmat 
ko‘rsatish xonalariga ajratish. 


54 
Bajaradigan 
vazifalari bo‘yicha 
xona turi 
Muzeyning funksional zonalari 
A – tashrif buyuruvchilar 
zonasi 
B – xizmat ko‘rsatish zonasi 
Asosiy 
Doimiy ekspozitsiya, 
muvaqqat ko‘rgazmalar 
Fondlar saqlanadigan 
xonalar 
Yordamchi 
Kino va leksiya zali, to‘garak 
xonasi, dam olish zonasi, 
axborot-ma’lumotnoma 
xonalari 
Xodimlar uchun ishchi 
xonalar, laboratoriyalar, 
ustaxonalar, kutubxona 
Xizmat 
ko‘rsatuvchi 
Vestibyul, garderobxona, 
bufet, kiosk, chekish xonasi, 
sanitariya bo‘lmalari 
Xizmat vetibyuli, xo‘jalik 
omborlari, inventar 
saqlanadigan xonalar, 
sanitariya bloklari, texnik 
xonalar 
Xonalar tashrif buyuruvchilar yoki muzey xodimlari foydalanishiga qarab 
ikkita asosiy funksional zonalarga bo‘linadi: A – tashrif buyuruvchilar zonasi 
(ochiq); B – xizmat ko‘rsatish zonasi (yopiq). Maydonlar xonalarning asosiy 
guruhlari o‘rtasida muzeyning ixtisoslashuvi, uning kattaligi va ahamiyatiga bog‘liq 
ravishdataqsimlanadi. Xonalarning o‘zaro nisbatlari taxminan quyidagicha qabul 
qilinadi : 
- ekspozitsiya zallari – 45-55%; 
- fondlar saqlanadigan xonalar – 20-25% 
- yordamchi va xizmat ko‘rsatish xonalari – 35%. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling