Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo‘yilgan talablar
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo‘yilgan talablar.
Muzeyga kirish zonasidagi xonalar guruhi. Vestibyul muzeyning me’moriy tuzilmasi boshlanadigan muhim kommunikatsion uzel hisoblanib, aynan shu yerda tomosha marshrutlari boshlanadi va yakunlanadi. Tashrif buyuruvchilar mana shu yerda muzey to‘g‘risidagi birinchi taassurotlarga ega bo‘ladilar. Ta’kidlash lozimki, muzey binosi yoki kompleksining kirish guruhi bir vaqtning o‘zida ham ommaviy (rejali ekskursiyalar), ham yakka tartibdagi tashriflar uchun xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Shu sababdan vestibyul funksional va rejaviy jihatdan o‘z tarkibida quyidagilarga ega bo‘lishi zarur: garderobxona, ekskursiya guruhlari va yakka tartibda tashrif 55 buyuruvchilar to‘planadigan joy, axborot xizmatlari ko‘rsatiladigan xona, dam olish va nazorat xonalari, chipta sotiladigan kassalar, bufet va ktalog, kitob, esdalik sovg‘alari sotiladigan savdo shaxobchalari, sanitariya bloklari. Vestibyulda navbatchi ekskursvodlar uchun alohida xonani nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Vestibyuldan ekspozitsiya zallari, ko‘rgazma va kino zallariga, ma’muriyat xonalari va to‘garak xonalariga qulay o‘tish yo‘llari tashkil etilishi lozim. Muzeylarda, odatda, tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan bosh vestibyuldan tashqari xodimlar uchun ham xizmat vetibyuli loyihalashtiriladi. Vestibyul guruhining o‘lchamlari muzeyning bir vaqtning o‘zida qancha tashrif buyuruvchi sig‘dira olishiga (ularning maksimal soniga) bog‘liq qabul qilinadi. Odatda, bu ko‘rsatkich bir kundagi tashrif buyuruvchilarning 1/5 qismini tashkil qiladi. Agar vestibyul bir vaqtning o‘zida faoliyatning boshqa turlari uchun ham xizmat qilsa, undagi xonalar maydoni ham kattalashtirilishi lozim. Vestibyul va garderob maydoni quyidagicha qabul qilinadi, m 2 : bitta tashrif buyuruvchi uchun garderob maydoni - 0,08 bitta sumka yoki portfel saqlash uchun - 0,04 bitta tashrif buyuruvchi uchun vestibyul maydoni - 0,2-0,4 Garderob, odatda, binoga kirishning bosh eshigi sathida, vestibyul va zallar, kommunikatsiya uzellari, zinapoyalar, liftlar (ekspozitsiya ko‘p qavatli tuzilmaga ega bo‘lgan holatlarda) o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzmaydigan tarzda joylashtiriladi. Nazorat xonasi vestibyulni ikkita: nazoratgacha va nazoratdan keyingizonalarga ajratadi. Nazoratgacha bo‘lgan zonada garderob, kassalar, axborot xizmatlari, kiosk yoki do‘konlari, chekish xonalari va sanitariya bloklari bo‘lgan taqsimlovchi garderob, nazoratdan keyingi zonada esa – muzeyning asosiy xonalari: ko‘rgazma va ekspozitsiya zallari, fondlar saqlanadigan xonalar, laboratoriyalar va ustaxonalarga kirish yo‘llari joylashtiriladi. Katta bo‘lmagan muzeylarda kassa, kiosk va nazorat birlashtirilishlari mumkin. Vestibyulda, shuningdek, qo‘riqlash postlari, jumladan o‘t o‘chirish postlari ham lohilashtiriladi. Yirik muzeylarda tibbiy punktlar ko‘zda tutiladi. Tashrif buyuruvchilar va muzey xodimlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bufet bino vestibyuli bilan eng qisqa bog‘lanishga va yuk tushirib olish uchun qulay maydonchaga ega bo‘lishi kerak. Bufet xonalari tarkibiga ovqatlanish zali (taom tarqatish peshtaxtasi bilan), yordamchi xona va idish-tovoq yuvish xonasi kirishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling