Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzeylarning konstruktiv yechimi.
Laboratoriya va ustaxonalar.
Laboratoriyalar va ustaxonalar muzeyning normal faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ularning tarkibi ekspozitsiyaning turi va tusiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Muzeylarda, odatda, restavratsiya ustaxonasi, model va maket ustaxonalari, taksidermika laboratoriyasi, duradgorlik va chilangarlik ustaxonalari, fotolaboratoriya mavjud bo‘lib, eng murakkab va mas’uliyatli ishlar fondlar saqlanadigan xonalar bilan qulay bog‘langan restavratsiya ishlari bo‘yicha ustaxona-laboratoriyada bajariladi. Badiiy ustaxona yorug‘ va keng bo‘lib, derezalari shimol tomonda bo‘lishi zarur. Bu ustaxona muzeyning yopiq zonasida joylashtirilib, ekspozitsiya zallari, fotolaboratoriya, va, ayniqsa, asosiy ustaxona bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. 61 Asosiy ustaxonada ekspozitsiyalarni va fondlar saqlanadigan xonalarni jihozlash bo‘yicha muqovalash, duradgorlik, chilangarlik, elektrtexnik, bo‘yoqchilik va shu kabi barcha joriy ishlar bajariladi. Muzeylarning konstruktiv yechimi. Yangi konstruksiyalarni rivojlanishi muzeylarning me’moriy yechimlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni ancha kengaytirishi asnosida zamonaviy muzeylar arxitekturasida turli fazoviy tuzilmalarning murakkab shakllari, xuddi an’anaviy sodda shakllar kabi, muhim va ahamiyatli o‘ringa ega bo‘lmoqdalar. Muzey binosining konstruktiv yechimi ikki yo‘nalishda, ya’ni faqat funksional ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan va ob’yektning me’moriy-kompozitsion yechimidagi muhim element sifatidatalqin qilinishi mumkin. Birinchi holatda konstruktiv yechim kompleksning,birinchi navbatda, katta o‘lchamli bo‘shliqlar (atriumlar, ekspozitsiya va konsert zallari) qulay faoliyat yuritishini ta’minlashga, shuningdek fondlar saqlanadigan xonalar kompleksining ishonchli va maqsadga muvofiq tarzda tashkil qilinishiga qaratiladi. Inshoot intererida erkin, bir-biri bilan uzviy ketma-ketlikda almashinib boradigan bo‘shliqlarni tashkil qilish uchun karkasli sxemadan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu, modernizmga xos bo‘lgan yechim arxitekturani minimal xarajatlar bilan hal qilish imkoniyatini yaratish bilan birga boshqa yechimlardan (masalan, turli osma panellardan, o‘ziga xos bezaklarni qo‘llash va hk.) foydalanish uchun ham variantlarni taqdim etadi. Fermalardan foydalanish asta-sekin fazoviy qoplamalarni qo‘llash bilan almashtiriladi. Ikkita ulkan ramalar (bir qavat uchun) asosida bajarilgan orayopma qavatlararo bo‘shliqni yordamchi xonalar va omborxonalarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Katta oraliqli fazoviy konstruksiyalarning ishlatilishi tayanchsiz bo‘shliqlarni yopishda ish beradi, bunda ular binoga ham interer, ham tashqi qiyofa nuqtai nazarida o‘ziga xos ifodalilik va ma’no beradilar. XX asrda fazoviy qoplamalarning barcha turlaridan foydalanilgan: bir tomonlama va ikki tomonlama egrilikka ega qobiqlar (giparlar ko‘rinishidagi), qubba va gumbazlarning barcha turlari, burma va qat-qat qoplamalar, pnevmatik va havo ko‘taruvchi qobiqlar, shuningdek murakkab yig‘ma konstruksiyalar.Bugungi kundagi amaliyotda tomosha zallari bo‘shliqlarini yopish maqsadida fazoviy shakllar ko‘p qo‘llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling