Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Laboratoriya va ustaxonalar. 
Laboratoriyalar va ustaxonalar muzeyning normal faoliyatini ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan. Ularning tarkibi ekspozitsiyaning turi va tusiga bog‘liq ravishda 
turlicha bo‘lishi mumkin. Muzeylarda, odatda, restavratsiya ustaxonasi, model va 
maket ustaxonalari, taksidermika laboratoriyasi, duradgorlik va chilangarlik 
ustaxonalari, fotolaboratoriya mavjud bo‘lib, eng murakkab va mas’uliyatli ishlar 
fondlar saqlanadigan xonalar bilan qulay bog‘langan restavratsiya ishlari bo‘yicha 
ustaxona-laboratoriyada bajariladi. 
Badiiy ustaxona yorug‘ va keng bo‘lib, derezalari shimol tomonda bo‘lishi 
zarur. Bu ustaxona muzeyning yopiq zonasida joylashtirilib, ekspozitsiya zallari, 
fotolaboratoriya, va, ayniqsa, asosiy ustaxona bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. 


61 
Asosiy ustaxonada ekspozitsiyalarni va fondlar saqlanadigan xonalarni jihozlash 
bo‘yicha muqovalash, duradgorlik, chilangarlik, elektrtexnik, bo‘yoqchilik va shu 
kabi barcha joriy ishlar bajariladi. 
Muzeylarning konstruktiv yechimi. 
Yangi konstruksiyalarni rivojlanishi muzeylarning me’moriy yechimlari 
to‘g‘risidagi tasavvurlarni ancha kengaytirishi asnosida zamonaviy muzeylar 
arxitekturasida turli fazoviy tuzilmalarning murakkab shakllari, xuddi an’anaviy 
sodda shakllar kabi, muhim va ahamiyatli o‘ringa ega bo‘lmoqdalar. 
Muzey binosining konstruktiv yechimi ikki yo‘nalishda, ya’ni faqat funksional 
ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan va ob’yektning me’moriy-kompozitsion 
yechimidagi muhim element sifatidatalqin qilinishi mumkin. Birinchi holatda 
konstruktiv yechim kompleksning,birinchi navbatda, katta o‘lchamli bo‘shliqlar 
(atriumlar, ekspozitsiya va konsert zallari) qulay faoliyat yuritishini ta’minlashga, 
shuningdek fondlar saqlanadigan xonalar kompleksining ishonchli va maqsadga 
muvofiq tarzda tashkil qilinishiga qaratiladi. Inshoot intererida erkin, bir-biri bilan 
uzviy ketma-ketlikda almashinib boradigan bo‘shliqlarni tashkil qilish uchun 
karkasli sxemadan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu, modernizmga xos bo‘lgan 
yechim arxitekturani minimal xarajatlar bilan hal qilish imkoniyatini yaratish bilan 
birga boshqa yechimlardan (masalan, turli osma panellardan, o‘ziga xos bezaklarni 
qo‘llash va hk.) foydalanish uchun ham variantlarni taqdim etadi. Fermalardan 
foydalanish asta-sekin fazoviy qoplamalarni qo‘llash bilan almashtiriladi. Ikkita 
ulkan ramalar (bir qavat uchun) asosida bajarilgan orayopma qavatlararo bo‘shliqni 
yordamchi xonalar va omborxonalarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Katta 
oraliqli fazoviy konstruksiyalarning ishlatilishi tayanchsiz bo‘shliqlarni yopishda ish 
beradi, bunda ular binoga ham interer, ham tashqi qiyofa nuqtai nazarida o‘ziga xos 
ifodalilik va ma’no beradilar. XX asrda fazoviy qoplamalarning barcha turlaridan 
foydalanilgan: bir tomonlama va ikki tomonlama egrilikka ega qobiqlar (giparlar 
ko‘rinishidagi), qubba va gumbazlarning barcha turlari, burma va qat-qat 
qoplamalar, pnevmatik va havo ko‘taruvchi qobiqlar, shuningdek murakkab yig‘ma 
konstruksiyalar.Bugungi kundagi amaliyotda tomosha zallari bo‘shliqlarini yopish 
maqsadida fazoviy shakllar ko‘p qo‘llaniladi. 


62 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling