Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

 
 
 


67 
Kinoapparatlar o‘rnatilgan xonalar rejasi: 
A – keng formatli kinoteatr uchun; B – keng ekranli kinteatr uchun; V – mavsumiy 
kinoteatr uchun; 1 – kinomexanik xonasi; 2 – apparatlar xonasi; 3 – kinoproektor 
xonasi; 4 – plyonkani qayta o‘rash xonasi; 5 – ustaxona; 6 – yo‘lak. 
 
Kinoapparatlar kompleksi 
Kinoapparat xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- kinoproektor xonasi (odatda, uchta kinoproektor joylashtiriladi) va yordamchi 
xonalar; 
- kinoproektorlarni sovutish agregati joylashgan xona; 
- kinomexanik xonasi. 
Kinoapparat xonalari majmuasida bevosita ko‘chaga olib chiquvchi alohida 
evakuatsiya yo‘li ko‘zda tutilishi lozim. 
A.Navoiy nomli san’at saroyi.(Panorama kinoteatri). 
 
 


68 
TEATR BINOLARI 
 
Teatr binosi, yuqorida qayd etilganidek, o‘z strukturasi bo‘yicha sahna va 
tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan qismlarga bo‘linadi. Birinchi qism tarkibiga 
sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi barcha xona va inshootlar, ikkinchi qism tarkibiga 
esa – tomosha zali, foye, kuluarlar (teatr zalining yon tomonidagi yordamchi 
xonalari va yo‘laklari), tomoshabinlarni taqsimlovchi va kassa vestibyullari hamda 
tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar majmuasi kiradi. Teatr binosining 
sahna qismi teatr binosi umumiy hajmining taxminan 60-70% ni, tomoshabinlarga 
xizmat ko‘rsatuvchi qismi esa – 40-30% ni tashkil qiladi. Bu kabi bo‘linish teatr 
binosining mohiyati haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. 
Shuning uchun ham teatr binosini uning strukturasini quyidagi sxema bo‘yicha 
tabaqalashtirgan (differensiyalashtirgan) holdako‘rib chiqish maqsadga muvofiqroq 
bo‘ladi: 
- tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan kompleks xonalari; 
- tomoshalarni namoyish etish kompleksi xonalari (tomosha zali, sahna; 
sahnani texnologik ta’minlash xonalari); 
- sahnaga xizmat ko‘ratish xonalari (ijodiy va texnik xodimlar uchun
omborxonalar): 
- ma’muriy-xo‘jalik xonalar; 
- ishlab chiqarish xonalari. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling