69
Tomosha zalining maydoni bir o‘rin uchun 0,7 m
2
hisobidan qabul qilinadi.
Tomosha zalining maydoni (balkon, loja va yaruslarni ham qo‘shib hisoblaganda)
sahna, sahna oldi yoki orkestr o‘rasining to‘suvchi konstruksiyalari chegarasi bilan
belgilanadi.
Teatr tarixida teatr tomoshalarini tashkil etishning ikkita tizimi shakllangan:
ochiq va
chuqur. Antik davrlarda shakllangan birinchi
tizimda tomoshabinlar va
sahnadagi voqealarni yagona zalda birlashtiriladi. Bunda tomoshabinlar sahnaning
uch tomonida joylashadilar. Renessans va barokko davrlarida shakllangan ikkinchi
tizimda sahnadagi voqealar tomosha zalidan portal ramasi bilan ajratiladi. Bugungi
kunda sahnadagi voqealarni namoyish etishning yangi
shakllarini yaratishga
qaratilgan izlanishlar natijasida tezkor transformatsiyalarni
bajarish texnikasiga
asoslangan ko‘plab uslublar qo‘llanilmoqda.
Portal yoki chuqur sahna.
Chuqur sahnada namoyish etilayotgan spektakl tomoshabin tomonidan aynan
tomosha
sifatida qabul qilinadi, sahnadagi
voqealar boshqa muhitda,
tomosha
zalidan ajratilgan “boshqa dunyoda” kechadi. Portal
sahna va tomosha zali
o‘lchamlari va shaklini belgilovchi parametr sifatida o‘yin
maydonchasining
o‘lchamlari xizmat qiladi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, dramatik spektakllarning faol
ko‘rinishlari kengligi 8 metrdan 14 metrgacha, chuqurligi 5 metrdan 10 metrgacha
bo‘lgan maydonchada ro‘y beradi. Balet ishtirokidagi musiqali teatrlarda o‘yin
maydonchasining o‘lchamlari 12x12 metrdan kam bo‘lmasligi zarur.
Dramatik
teatrdagi portal kengligi 10-14 metrga, opera va balet teatrda esa – 14-16 metrga teng
bo‘ladi.