Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Novosibirsk shahridagi Yosh tomoshabinlar teatri, Rossiya, arxitektorlar
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
Novosibirsk shahridagi Yosh tomoshabinlar teatri, Rossiya, arxitektorlar
A.Sabirov, M.Starodubov, 1966-1971. 76 Yon tarafdagi yoritish lojalari zalning bo‘ylama o‘qiga nisbatan 55 0 va 65 0 gradusli burchaklar bilan chegaralangan va cho‘qqisi avansahnaning oldingi chegarasidagi zonada joylashtiriladi. Yoritish lojasi o‘rnining kengligi 1,8 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Tomosha zalining har bir tomonidagi yoritish lojalarining soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Pastki yoritish lojasi polidan sahna plansheti sathigacha bo‘lgan masofa kamida 2,5 metr, ustma-ust joylashgan lojalar pollari sathlarining o‘rtasidagi maofa 2,5 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Lojalar chuqurligi kamida 2 metr qilib loyihalanadi. Balandligi va kengligi 2 metrdan kam bo‘lmagan ko‘chma sofit xonasi tomosha zali tepasida shunday joylashtirilishi lozimki, yoritish asboblarining optik o‘qlari gorizontal tekislikka 50 0 dan 60 0 gacha burchaklar o‘rtasida, cho‘qqisi avansahna (orkestr o‘rasi bareri)ning old chegarasidan sahna tomonga 1 metr masofada; 9 0 dan 15-20 0 gacha burchaklar o‘rtasida, cho‘qqisi o‘yin portali yuqori qismida “qizil liniya”dan sahna ichiga 1 metr masofadagi sathdatushadigan nurlar bilan chegaralangan zonada bo‘lishi kerak. Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar. Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar sirasiga quyidagilar kiradi: - sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar; - artistlarning pardozxonalari (grimxonalari); - repetitsiya xonalari; - omborxonalar. Sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar bir vaqtning o‘zida tezda kiyim almashtirish va grimni almashtirish yoki tuzatish, sahnaga chiqishlar orlig‘ida dam olish yoki so‘nggi tayyorgarlikni ko‘rish, birinchi yordam ko‘rsatish, ijrochilarning kostyumerlar va rekvizitorlar bilan tezkor bog‘lanishi uchun ham xizmat qiladi. Amaliyotda bu kabi xonalarning ikkita turi mavjud bo‘lib, birinchisi – o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lsada, qulaylik darajasi yuqoriroq – dramatik va musiqali drama teatrlari uchun, ikkinchisi – sahnaga chiqish oldidan so‘nggi tayyorgarlik ko‘rishga mo‘ljallangan va muvofiq uskunalarga ega qo‘shimcha zonasi bo‘lgan musiqali komediya teatrlari uchun mo‘ljallangan xonalardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi turdagi xonalar yosh tomoshabin teatrlari, pantomima va intensiv harakatlar bilan bog‘liq boshqa teatrlar uchun ham tavsiya etiladi. Sahnaga chiqish uchun xona maydoni bir vaqtda yig‘iladigan artistlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Dramatik va musiqali drama teatrlarida har bir xonada bitta artist uchun kamida 1,7 m 2 , musiqali komediya teatrlarida – 1,8 m 2 , opera va balet teatrlarida – 19 m 2 qilib belgilanadi. 77 Artistlarning pardozxonalari (grimxonalari) sahna yoki repetitsiya kostyumini kiyish, grimni qo‘yish va olish, gigienik amaliyotlarni bajarish, dam olish, repetitsiya ishidagi alohida bosqichlarni bajarish, maxsus treninglarni o‘tkazish va matn hamda boshqa materiallar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Xonalardagi artistlar soniga qarab pardozxonalar individual – bitta ijrochi uchun, 2 tadan 6 tagacha kishidan iborat guruhlar uchunva 6 tadan ko‘p artistni sig‘diradigan – umumiy (yoki ommaviy) bo‘lishi mumkin. Vazifasi (janri) turlicha bo‘lgan teatr binolari uchun pardozxonalarning uchta asosiy turi loyihalashtiriladi: dramatik, musiqali drama aktyorlari, musiqali teatr xonandalari va balet artistlari uchun pardozxonalar. Sahnalashtirish (postanovka)da qo‘llaniladigan anjomlar uchun omborlar sahnada o‘rnatish uchun tayyor sahna bezaklari va anjomlari saqlanadigan – navbatchi ombor; muayyan teatr mavsumidagi repertuar uchun mo‘ljallangan barcha bezak va anjomlar saqlanadigan – joriy mavsum ombori; kam qo‘yiladigan yoki repertuardan olingan spektakllar uchun tayyorlangan va qayta ishlatishga mo‘ljallangan bezak va anjomlar saqlanadigan – zaxira omborlarga ajratiladi. Alohida saqlash prinsipiga ko‘ra omborxonalar 8 ta asosiy turga bo‘linadilar: hajmli va stanok dekoratsiyalari; mebel, butaforiya va rekvizit; kostyumlar; poyafzal; elektr apparatura va elektr rekvizit; ovoz texnikasi appraturasi; yumshoq va manzarali dekoratsiyalar; pariklar va boshqa pastijyor buyumlar saqlanadigan omborlar. S-1-S-5 sahnalar uchun repetitsiya zallarining o‘lchamlari, vazifalari va soni quyida keltirilgan jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling