Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Bosh tarh 
Teatr binolari shaharning markaziy qismlarida joylashishi va shu markaz 
ansablini tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. Yer uchastkasini tanlashda
unga kirib kelishning har tomonlama qulayligi jamoat va individual transportlari 
uchun yer osti to‘xtash joylarini loyihalash mumkinligi, teatr atrofiga hiyobonlar va 
dekorativ o‘simliklarni joylashtirish imkoniyatlari hisobga olinadi. 
Bu vazifalar qurilish nomlari va qoidalari (SNiP)ning shaharlar posyolkalar va 
qishloq aholisi yashaydigan joylarni loyihalash va qurish bo‘limi talablarga binoan 
amalga oshiriladi. 
Teatr atrofini ko‘kalamzorlashtirishni loyihalash jarayonida quyidagilar hisobga 
olinadi: 
- binoga kirishi va undan chiqishi uchun mo‘ljallangan maydonlar. Ularning 
umumiy yuzasi tomoshabin zalidagi bir o‘ringa eng kamida 0,3m2. Hisobida olinadi. 
- tomoshabinlarning dam olish maydonchalari maysazorlar: 
- markaziy ko‘cha va uylar bilan bog‘langan piyoda yo‘lakchalari va o‘tish 
joylari: 
- o‘tish joylari,yo‘llar va maydonchalari sun’iy yoritish sistemalari bilan 
ta’mirlash: 
- xo‘jalik uchastkasi (unda yordamchi ishlab chiqarish korpusi va shunga 
o‘xshash inshootlarni joylashtirish imkoniyatlarini ko‘zlagan holda): 
- yengil avtomobillar uchun to‘xtash maydonchalari (QMQ bo‘yicha) 
Qayd etilgan maydonchalar vaziyatga qarab teatr uchastkasidan tashqari 
yerlarga ham joylashtirish mumkin, ammo ularning teatr binosida uzoqligi 300 
metrdan oshmasligi zarur. 
 
 
 


84 
Binolarni hajmi, tarhi va konstruksiyasi yechimlari 
Teatr binosi xonalari quyidagi komplekslarga taqsimlanadi: 
A – tomoshabin kompleksi; 
B – namoyish kompleksi (zal xona): 
V – sahna kompleksi: 
G – ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlar 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling