Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomoshabin va sahna xonalari
Tomoshabin zali
Tomoshabin zali teatr binosining kompozitsion elementi hisoblanadi. Tomoshabin zali tomoshabinlarga ularning zalga kirishi, joylashishi, spektaklni tomosha qilishi, so‘ngra xavf-xatarsiz chiqib ketishda eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishi zarur. Zal kompozitsiyasini tashkil etishdagi asosiy faktorlardan yana biri uzoqligidir (qizil chiziqdan 25 m. drama, 32m opera balet teatri uchun). Tomoshabin zalining ikki turi mavjud ko‘p qavatli va amfiteatriga nisbatan spektaklni ancha yaqqol imkoniyatini beradi (ikkinchi va uchinchi qavatlar sahna hajmini ko‘z bilan kengroq qamrab olishga imkoniyat tug‘diradi). Amfiteatrli zalda hamma tomoshabinlar rater va amfiteatrlarda, ya’ni sahna yuzasidan uncha baland bo‘lmagan tekislikda joylashtiriladi. Tomoshabinlarni joylashtirish va evakuatsiya qilish bu holda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Tomoshabin zalining maqbul (optimal) yuzasi: bir tomoshabinga 0,65 m 2: havo hajmi bir tomoshabinga -4,5-5m 3 -drama, 5-6m 3 -muzikali teatr uchun (bu hisobga orkestr egallagan chuqur hajmli ham kiradi). 82 Tomoshabin va sahna xonalari Tomoshabin kompleksi tarkibidagi xonalar tomosha boshlangunga qadar odamlarni ruhan spektaklga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Sahna xonalari esa spektaklni tayyorlashga hizmat qiladi. Teartrga kirish va kassa vestibyullar asosiy vestibyul, kiyinib-yechinadigan xona, taqsilovchi foye, tamaddi xona teatr, ma’muriyati xonasi kabi joylardan tashkil topadi. Vestibyul foya, foya ko‘chalari o‘zaro qanday joylashtirlganligi va ularning tarhi qanday tuzilganligi tomoshabin kompleksining fazoviy strukturasini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Foya tomoshabin zaliga bog‘liq bo‘lgan lekin unga nisbatan alohida joylashgan xonalardir. Sahna hizmatidagi xonalarni shunday loyihalash va jihozlash zarurki, spektaklni tayyorlash va sahnaga qo‘shish uchun yetarli shart-sharoitlarga xos bo‘lgan. Bunday vazifani spektaklni sahnalashtirish va teatr ishlab chiqarish xo‘jaligining ijodiy jamoalari amalga oshiriladilar. Shuni hisobga olgan holda sahna hizmatidagi xonalarni ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi, spektaklning sahnaga quyilishini ta’minlovchi xonalar: ikkinchi ishlab chiqarish ustaxonalari va ularga tegishli bo‘lgan omborlar hamda texnika jihozlangan xonalar. Aktyorlarning yon sahnalari, arestena va sahna maydonidagi dekoratsiyalarni cheklab o‘tib bevosita o‘yin maydonchasiga chiqa olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni hisobga olgan holda sahnaga chiqish oldindan aktyorlar uchun kutish xonalari joylashtiriladi. Orkestr odatda prossenium ostiga qisman o‘yib kiritilgan portal oldidagi chuqurda joylashadi. Ishlab chiqarish ustaxonalarini teatr binosiga to‘g‘ri joylashtirilishi uchun dekoratsiyalar tayyorlash va sahnaga olib chiqish jarayonidagi texnologik siklarni hisobga olishi kerak. Hajmiy dekoratsiyalar tayyorlashning dastlabki sikli duradgorlik ustaxonasida boshlanadi. Bu yerda yuzasi o‘yin maydonchasiga va balandligi portla bo‘yiga teng bo‘lgan katta hajmdagi qurilmalr, maydonchalar va dekoratsiyalarning sinchlari tayyorlanadi hamda mustahkamligini sinash maqsadida ular oldindan montaj qilib quriladi. 83 Ikkinchi sababga binoan o‘ralgan holdagi rangtasvirlari dekoratsiyalarni bevosita sahnaga olib chiqish zaruriyati hamda orayopmaning kattaligi (12 metrdan kam bo‘lmagan) butaforiya va rangtasvirlar dekoratsiya ustaxonalari teatr binosiga joylashtirishda ikki usulni keltirib chiqaradi-tomoshabin zali ustiga va ar’erssena ustiga, joylao‘tiriladi. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling