Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Tomoshabinlar kompleksidagi xonalar o‘zaro bog‘lanishining umumiy
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomoshabinlar kompleksi tuzilishining namunalari
- Ikkita cho‘ntakli va arersahnasi bo‘lgan kolosnikli chuqur sahna tuzilishining sxemalari.
Tomoshabinlar kompleksidagi xonalar o‘zaro bog‘lanishining umumiy
funksional-rejali sxemasi: 1 – kassa vestibyuli; 2 – kirish vestibyuli; 3, 4 – kassa va navbatchi ma’mur kabinalari;5 – taqsimlovchi vestibyul; 6 – kiyim almashtirish xonasi; 7 – garderobxona; 8 – garderobchilar xonasi; 9 – bosh ma’mur xonasi va afishalar saqlanadigan xona; 10 – bilet tarqatuvchilar xonasi; 11 – bolalar xonasi; 12 – foye, kuluarlar; 13 – foye qoshidagi kichik ombor; 14 – bufet; 15 – idish-tovoq yuvish xonasi, taom tayyorlash xonasi; 16 – ombor, tara saqlanadigan xona; 17 – muzey ekspozitsiyalari saqlanadigan xona; 18 – fondlar saqlanadigan xona; 19 – xodimlar xonasi; 20 – sanitariya bloklari; 21 – tamaki chekish xonasi; 22 – tomosha zali; 23 – klub xonalari; I – bog‘lanishlar; II – bog‘lanishlarning variantlari; III – bloklar; IV – kirish; V – ehtimoliy kirish; VI – ehtimoliy xona (bog‘lanishlar). 71 Tomoshabinlar kompleksi tuzilishining namunalari: a – kuluarlarsiz foye; b – kuluarlari bor va ulardan zalga kirish tashkil qilingan foye; 1 – tomosha zali; 2 – foye; 3 – kuluarlar. Kolosnikli chuqur sahna turlarining sxemalari: a – yon sahna maydonchalari bilan; b – old sahnasi kattalashtirilgan; v –tomosha zali yoki sahnada devorlaridagi o‘yin derezalari bilan; g – zaldagi o‘yin balkonlari va galereyalari bilan; d, ye – markaziy sahnaga transformatsiyalanadigan kolosnikli chuqur sahna. 72 Ikkita cho‘ntakli va arersahnasi bo‘lgan kolosnikli chuqur sahna tuzilishining sxemalari. Kolosnikli chuqur sahna, cho‘ntaklar va arersahna tuzilishining asosiy sxemalari (mexanik uskunalash variantlari shartli ravishda ko‘rsatilgan): a-g – bitta cho‘ntakli arersahnasiz; j-i – ikkita cho‘ntakli; k-l – arersahnali cho‘ntaksiz; m – cho‘ntaksiz va arersahnasiz 73 Sahna kengligi aktyorlar o‘ynaydigan maydon yoki portalhamda kulisalarning yon tomonlarini bezaklashda qo‘llaniladigan maxsus qurilmalar, hajmli dekoratsiyalar, aktyorlar turadigan, chiroq jihozlari o‘rnatiladigan joylar kengligidan tashkil topadi. Odatda, sahna kengligi portal teshigi kengligidan kamida 2 baravarga kattaroq bo‘lishi lozim. Sahna chuqurligi, odatda, portal kengligidan 1,5 martaga kattaroq bo‘ladi. Sahna ostidagi planshetda rejadagi o‘lchamlari sahna o‘lchamlariga teng bo‘lgan tryum ko‘zda tutiladi. Tryumning turtib chiqqan konstruksiyalarning pastki qismlarigacha bo‘lgan balandligi kamida 2,2 metr qilib olinadi. Qoplama planshet uskunalari, o‘yib o‘rnatiladigan aylanuvchi doira, halqali doira qo‘llanilganida, shuningdek bu kabi uskunalar bo‘lmaganida tryum bir qavatli qilib loyihalashtiriladi. Barabanli aylana, ko‘taruvchi-tushuruvchi maydonchalar va shunga o‘xshash sahna uskunalarini loyihalashtirishda tryum qavatlarining soni loyihada belgilanadi. Sahna oldi zalga bo‘rtib chiqqan qilib, to‘g‘ri chiziqli yoki tomoshabinlar o‘rindiqlari zonasiga aylanib tutashadigan tarzda loyihalashtiriladi. Sahna oldining yon qanotlari (kaliperlari) tomosha zalining ko‘ndalang o‘tish yo‘llari bilan kesishguncha davom ettirilishi mumkin. Sahna oldining uzunligi qurilish portali kengligidan kam bo‘lmagan qilib loyihalashtiriladi. Yon qanotlar bo‘lmagan hollarda sahna oldidan tomoshabinlar o‘tiradigan birinchi qatorgacha zaldagi o‘tish yo‘llariga olib boruvchi kamida ikkita zina yoki pandus loyihlashtiriladi. Shuningdek, sahna oldi perimetri bo‘yicha yaxlit zina ko‘zda tutilishi ham mumkin. Sahna pardasi tushirilgan holatlarda ham sahna oldiga chiqish uchun imkoniyat yaratilishini ta’minlash tavsiya etiladi.. Pol sathidan turtib chiqqan konstruksiyalarning pastki qismlarigacha balandlik 2,1-2,4 metr qilib qabul qilinadi. Orkestrning bitta artisti uchun maydon – kamida 1,3 m 2 . Loyihalashtirishda orkestr o‘rasi o‘rnini yopish va o‘ra to‘sig‘i hamda polini o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘zda tutish tavsiya etiladi. Sahna oldining orkestr o‘rasi ustiga osilib turishi dramatik va musiqali-dramatik teatrlarda o‘ra kengligining 1/3 qismini, musiqali komediya hamda opera va balet teatrlarida ¼ qismini tashkil etadi. Orkestr o‘rasi o‘rnining yon tomonlarida (tomosha zali devorlaridan hisoblaganda) eni kamida 1,2 metrni tashkil qiluvchi sahna oldi uchastkalari qoldiriladi. Sahna oldi orkestr o‘rasi ustidan osilib turganida orkestr o‘rasida sahna tomonga pasayib ketuvchi zinapoyasimon pol loyihalashtirilishi mumkin. Tomosha zalining tuzilishi sahna bilan uzviy bog‘liqdir. Misol uchun, sahnada ro‘y berayotgan 74 voqealarni portal kengligi bilan chegaralangan o‘rinlar zonasida bemalol ko‘rish, eshitish va anglash mumkin. Dramatik teatrda tomoshabin aktyor mimikasini sahna “qizil liniyasi”dan 25 metr uzoqlikdan tushuna oladi. Opera teatrida bu masofa 32 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari, yaxshi ko‘rish va eshitishning eng qulay gorizontal va vertikal burchaklari ham me’yorlanadi. Tomosha zalining ikkita asosiy turi mavjud – yarusli va amfiteatr. Tomosha zalining hajmi dramatik teatrda bitta tomoshabin o‘rni uchun 4-6 m 3 , opera teatrida – 6-8 m 3 qilib hisoblanadi. Zaldagi tomoshabinlarning o‘rinlari bitta tomoshabin uchun 0,7-0,8 m 2 hisobidan loyihalanadi. Bitta zalda janri va sahnaviy yechimlari turlicha bo‘lgan spektakllar, jamoat tadbirlari, kinofilmlar, konsertlar va shu kabi tomoshalarni namoyish qilishda zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni ta’minlash uchun sahna va tomosha zalining transformatsiyasi qo‘llaniladi. Teatrlarda rejali va fazoviy transformatsiyalar, shuningdek ularning turlicha kombinatsiyalari qo‘llanilishi mumkin. Sahna va zalda me’moriy-rejali yechimlarning turli variantlarini rejali transformatsiya yordamida yaratgan holda turli tadbirlarni o‘tkazishda zal va sahnaning asosiy parametrlari – hajmi va shakli o‘zgartirilmaydi. Fazoviy transformatsiya esa radikal vosita hisoblanib, u yordamida zallarning nafaqat shakli va hajmini, shuningdek sonini ham o‘zgartirish mumkin. Natijada, har bir o‘tkaziladigan tadbir uchun zarur hajm va shaklga ega zalga ega bo‘lish hamda inshootdan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Sahna qoshida texnologik ta’minot xonalari: yon tomondagi devorlarni yoritish lojalari: zal tepasiga olib chiqiladigan sofitlar saqlanadigan xonalar (tomosha zali tepasida), chiroq proektorlari, chiroq apparatlari xonalari (tomosha zalining orqa devori ortida): frontal yoritish chiroqlari uchun xona (frontal yoritish lojasi), ovoz apparaturasi o‘rnatilgan xona, diktorlar va tarjimonlar kabinalari, ovoz operatori lojasi (tomosha zalining orqa devori ortida yoki tomosha zali tarafdan shu devor yonida); rirproeksiya xonasi (sahna yoki arersahna ortida); tiristor xonasi (sahna yaqinida). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling