Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Kolosniklar bilan jihozlangan sahnali teatrlardagi orkestr xonasining  o‘lchamlari 6 – jadvalga binoan olinadi.  6 – jadval


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

9. Kolosniklar bilan jihozlangan sahnali teatrlardagi orkestr xonasining 
o‘lchamlari 6 – jadvalga binoan olinadi. 
6 – jadval 
Teatr turlari 
O‘lcham m. 
Xona eni zalining o‘q chizig‘i bo‘yicha quyidagi 
o‘lchamlaridan kam bo‘lmasligi kerak 
A) drama va muzdrama teatrlarida 

B) opera – balet teatrlarida xona polidan avanssena 
poligacha bo‘lgan balandlik 
2,1 – 2,4
Eslatma: 1. Avanssenaning orkestr xonasi ustini egallagan qismi: 
A) drama va muzdrama teatrlarida – orkestr xonasi enining eng quyi bilan 
yarmiga. 
B) opera balet teatrida – eng ko‘pi bilan to‘rtdan bir bo‘lagiga teng xolda olinadi. 
2. Boshqa turida sahnali teatrlarda orkestr xonasi loyihalashga berilgan topshiriq 
asosida olinadi. 
P. Avanssena sahna qizil chizig‘idagi orkestr o‘rnashgan chuqur 
chegarasigacha bo‘lgan eni 1,75m dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Eslatma: Orkestr o‘rnashgan chuqurni yig‘ma taxtalar yoki ko‘tarma pol 
yordamida vaqtincha yopib qo‘yish evaziga avanssena enini kengaytirish 
imkoniyatlarini hisobga olib qo‘ygan ma’qul. 
3. Avanssenada dekoratsiyalari joylashtirish mumkin emas. 
10. Kichik (qo‘shimcha) zal sig‘imi asosiy zal sig‘imining 0,2:1 – 0,3:1 
nisbatlarida yoki qabul qilingan tartibdagi loyiha topshirig‘i asosida olinadi. 
11. Tomoshabinlar o‘rinlarning sahna chetidan maksimal u zoqligi yoki 
namoyish maydonchasi chegaralari (sahna yuzi tomoshabin zalidagi pol sathi bilan 
teng qilib olinsa) chuqur sahna variantida (tomoshabinlar sahnaga nisbatan frontal 
joylashgan) – 15m., uch tomonli sahna variantlarida (tomoshabinlar sahna 
maydonchasini qisman o‘rab olgan) – 9m., sahna arena variantida (tomoshabinlar 
sahna maydonchasini hamma tomonlama o‘rab olgan) – 6m., deb qabul qilinsin. 
12. kichik (qo‘shimcha) zal sahnaning turi va transformalanishi darajasi 
loyihalashga berilgan topshiriq asosida belgilanadi.
Eslatma: Kichik zalni sahna maydoni bilan tomoshabinlar joylashgan zonani 
birlashtiruvchi yaxlit teatr maydoni ko‘rinishida loyihalash maqsadga muvofiqdir. 


93 
Kichik zalning sig‘imidan kelib chiquvchi o‘z turidagi sahna o‘lchamlari 7- jadval 
asosida olinsin. 
Transformatsiyalovchi zalning (sahna bilan birgalikda) bir tomoshabinga to‘g‘ri 
keladigan yuzasi qabul qilingan tranformatsiya vositalaridan kelib chiqqan holda 8- 
jadval asosida olinsin. 
13.Kichik zaldagi sahna kompleksining kooperatsiya qilib bo‘lmaydigan 
xonalar tarkibi vayuzalari 3 ilova bo‘yicha olinsin. Kichik zalning barcha turdagi 
transformatsiyalovchi sahnalari, “erkin fazo” li zallarda esa fazoning hamma qismi
texnologik jihozlar va qurilmalar bilan ta’minlanishi lozim. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling