Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy, ishchi, yordamchi xonalar, kutubxona.
Kino va leksiya zali.
Kino va leksiya zali tarkibidagi xonalar bloki quyidagilardan iborat: kino va leksiya zali, estrada va uning qoshidagi xona, kinoapparatlar xonasi, kinozal qoshidagi foye (u vestibyul bilan birlashtirilishi mumkin). Ekspozitsiyaning ish rejimidan mustaqil ravishda foydalanish maqsadida kino va leksiyalar zalini vestibyulga yaqin qilib joylashtirish lozim. Kino va leksiyalar zali tematik kinofilmlar namoyishi, seminarlar va maktab o‘quvchilari hamda katta yoshdagilar uchun konferensiyalar o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Zalda, kinoproeksiya qurilmalaridan tashqari, eksponatlarni namoyish qilish uchun kichikroq sahna, doska va kartinalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalarni osish uchun moslama, diapozitiv va videofilmlarni namoyish qilish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi zarur. Ma’muriy, ishchi, yordamchi xonalar, kutubxona. Bu xonalar guruhi doimiy ekspozitsiya zonasidan alohida joylashtirilishi va alohida xizmat kirish eshigi va vestibyulga ega bo‘lishi lozim. To‘garaklar va studiya xonalari turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda turli guruhlar ishlashi uchun tezkor o‘zgartishlarni bajarish imkoniyatlari ko‘zda tutilishi lozim. Muzey to‘garaklari va studiyalarining ishi muzey 60 fondlari materiallari va muzey laboratoriyalari texnologiyalarini o‘rganishga asoslangan. Bu holat to‘garak xonalari aynan muzey fondlari va laboratoriyalari yonida joylashishini shartlamaydi, aksincha, bu xonalarda odamlar ko‘p yig‘ilishi, shu sababdan shovqin darajasi ortgani sababli, ularni imkon qadar alohida joylashtirish lozim. Ishchi xonalar – bu muzey ma’muriyati va xodimlar uchun ajratilgan kabinet va xonalar bo‘lib, ular, aksariyat hollarda, bosh va xizmat kirish eshiklari yonida joylashtiriladi. Ilmiy xodimlarning ishchi xonalari bir joyda jamlanishi yoki asosiy ish olib borilayotgan bo‘limlar yoniga joylashtirilishi mumkin. Muzeyning ilmiy kutubxonasida nafaqat joriy ilmiy adabiyotlar, balki kollesiyalar tarkibiga kiruvchi nodir nashrlar ham saqlanadi. Kutubxona, asosan, muzey xodimlariga xizmat ko‘rsatadi. Ilmiy ishlarni yuritish uchun kutubxona yonida maxsus xonalar ajratiladi. Ilmiy ishlar uchun mo‘ljallangan xonalar maydoni bitta ilmiy xodim uchun 4,5 m 2 va bo‘lim yoki sektor rahbari uchun 9 m 2 qilib qabul qilinadi. Kutubxona o‘z fondlarini muzey spesifikasiga muvofiq shakllantiradi, muzey xodimlari va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Aytish lozimki, zamonaviy muzeylardagi ilmiy kutubxonalarning funksiyalari quyidagi ikki parametr: - axborot saqlashning zamonaviy vositalari ilmiy kutubxonada kompyuter zallari bo‘lishini, jumladan Internet tarmog‘idan erkin foydalanish imkoniyatlari mavjudligi; - ilmiy kutubxona o‘zining alohida qismlarida tashrif buyuruvchilar foydalanilishiga ham mo‘ljallanganligihisobiga sezilarli darajada kengaygan. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling