Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo‘yilgan talablar


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo‘yilgan talablar.
Muzeyga kirish zonasidagi xonalar guruhi. 
Vestibyul muzeyning me’moriy tuzilmasi boshlanadigan muhim 
kommunikatsion uzel hisoblanib, aynan shu yerda tomosha marshrutlari boshlanadi 
va yakunlanadi. Tashrif buyuruvchilar mana shu yerda muzey to‘g‘risidagi birinchi 
taassurotlarga ega bo‘ladilar. Ta’kidlash lozimki, muzey binosi yoki kompleksining 
kirish guruhi bir vaqtning o‘zida ham ommaviy (rejali ekskursiyalar), ham yakka 
tartibdagi tashriflar uchun xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Shu 
sababdan vestibyul funksional va rejaviy jihatdan o‘z tarkibida quyidagilarga ega 
bo‘lishi zarur: garderobxona, ekskursiya guruhlari va yakka tartibda tashrif 


55 
buyuruvchilar to‘planadigan joy, axborot xizmatlari ko‘rsatiladigan xona, dam olish 
va nazorat xonalari, chipta sotiladigan kassalar, bufet va ktalog, kitob, esdalik 
sovg‘alari sotiladigan savdo shaxobchalari, sanitariya bloklari.
Vestibyulda navbatchi ekskursvodlar uchun alohida xonani nazarda tutish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Vestibyuldan ekspozitsiya zallari, ko‘rgazma va 
kino zallariga, ma’muriyat xonalari va to‘garak xonalariga qulay o‘tish yo‘llari 
tashkil etilishi lozim. Muzeylarda, odatda, tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan 
bosh vestibyuldan tashqari xodimlar uchun ham xizmat vetibyuli loyihalashtiriladi. 
Vestibyul guruhining o‘lchamlari muzeyning bir vaqtning o‘zida qancha tashrif 
buyuruvchi sig‘dira olishiga (ularning maksimal soniga) bog‘liq qabul qilinadi. 
Odatda, bu ko‘rsatkich bir kundagi tashrif buyuruvchilarning 1/5 qismini tashkil 
qiladi. Agar vestibyul bir vaqtning o‘zida faoliyatning boshqa turlari uchun ham 
xizmat qilsa, undagi xonalar maydoni ham kattalashtirilishi lozim. 
Vestibyul va garderob maydoni quyidagicha qabul qilinadi, m
2

bitta tashrif buyuruvchi uchun garderob maydoni
- 0,08 
bitta sumka yoki portfel saqlash uchun 
- 0,04 
bitta tashrif buyuruvchi uchun vestibyul maydoni - 0,2-0,4 
Garderob, odatda, binoga kirishning bosh eshigi sathida, vestibyul va zallar, 
kommunikatsiya uzellari, zinapoyalar, liftlar (ekspozitsiya ko‘p qavatli tuzilmaga 
ega bo‘lgan holatlarda) o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzmaydigan tarzda joylashtiriladi. 
Nazorat xonasi vestibyulni ikkita: nazoratgacha va nazoratdan keyingizonalarga 
ajratadi. Nazoratgacha bo‘lgan zonada garderob, kassalar, axborot xizmatlari, kiosk 
yoki do‘konlari, chekish xonalari va sanitariya bloklari bo‘lgan taqsimlovchi 
garderob, nazoratdan keyingi zonada esa – muzeyning asosiy xonalari: ko‘rgazma va 
ekspozitsiya zallari, fondlar saqlanadigan xonalar, laboratoriyalar va ustaxonalarga 
kirish yo‘llari joylashtiriladi. Katta bo‘lmagan muzeylarda kassa, kiosk va nazorat 
birlashtirilishlari mumkin. Vestibyulda, shuningdek, qo‘riqlash postlari, jumladan 
o‘t o‘chirish postlari ham lohilashtiriladi. Yirik muzeylarda tibbiy punktlar ko‘zda 
tutiladi. Tashrif buyuruvchilar va muzey xodimlariga xizmat ko‘rsatishga 
mo‘ljallangan bufet bino vestibyuli bilan eng qisqa bog‘lanishga va yuk tushirib olish 
uchun qulay maydonchaga ega bo‘lishi kerak. Bufet xonalari tarkibiga ovqatlanish 
zali (taom tarqatish peshtaxtasi bilan), yordamchi xona va idish-tovoq yuvish xonasi 
kirishi lozim. 


56 
Toshkent shahridagi Amir Temur muzeyi. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling