Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomosha zali va kinoekran parametrlariga bo‘lgan talablar
O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyi.
KINOTEATR BINOLARI Kinoteatrlar yil bo‘yi faoliyat ko‘rsatuvchi (bitta zalli, ko‘p zalli) va mavsumiy (yozgi ochiq va yozgi yopiq) bo‘lishi mumkin. Kinoteatrning asosiy xonasi – tomoshabinlarga film ko‘rish uchun qulay sharoitlarni ta’minlab beruvchi tomosha zalidir. Zalning shakli – to‘g‘ri to‘rtburchakli, trapesiyasimon yoki yarim aylana. Kinoteatrlar tarkibida kafe va klub faoliyatini yuritish hamda bolalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan universal zallar mavjud bo‘lgan kompleks shaklida ham loyihalashtirilishi mumkin. Bugungi kunda, ya’ni kinoga bo‘lgan qiziqishning yangicha ko‘rinishi qayd etilayotgan davrda, kinoteatr binolari xuddi boshqa jamoat binolari kabi, birinchi navbatda, yuqori darajada texnologik jihozlanganlik va universallik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. Tomosha zalining bosh fasadga nisbatan joylashuvi – kinoteatrlarni kompozitsiyasi bo‘yicha tasniflashning umumiy alomatidir. Chuqur, ya’ni tomosha zali binoning chuqur ichkarisida joylashgan kompozitsion yechimda zalning bo‘ylama o‘qi fasad tekisligiga perpendikulyar, frontal kompozitsion yechimda esa – parallel bo‘ladi. Bu kompozitsion yechimlar tomosha zalining birinchi yoki 63 ikkinchi qavatda joylashishiga qarab gorizontal va vertikal yechimlarga ajratiladi. Ta’kidlash zarurki, bunday klassifikatsiya umumlashtirilgan bo‘lib, turlicha ifodalangan kompozitsion yechimlarni tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tomosha zali va kinoekran parametrlariga bo‘lgan talablar Kinoplyonka parametrlariga bog‘liq ravishda proeksiyalashning to‘rtta turi mavjud bo‘lib, kinoekran proporsiyalari (balandlikning uzunlikka nisbati) aynan proeksiyalash turlariga qarab belgilanadi: - oddiy ekran (0) 1 : 1,37; - keng ekranli (k) 1 : 2,35; - keng formatli (f) 1 : 2,2; Kinofilmlarni namoyish qilishda tomosha zallaridagi tomoshabinlar uchun o‘rinlarni quyidagi rasmda keltirilgan zona chegarasida loyihalashtirish tavsiya etiladi, bunda: - D – kinoekrandan so‘nggi qatordagi kreslo suyanchig‘igacha masofa (tomosha zalining o‘qi bo‘yicha); - G – kinoekrandan birinchi qatordagi kreslo suyanchig‘igacha masofa (tomosha zalining o‘qi bo‘yicha), 0,36 D ga teng; - K – kinoekran (xorda bo‘yicha egri chiziqli)ishchi maydonining kengligi; - B – ekran ishchi maydoning balandligi. Ekran ishchi maydonining kengligini (Sh) quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: - K f = 0,6 D; - K k = 0,43 D; - K kash = 0,34 D; - K o = 0,25 D; Ekrandan birinchi qatordagi kreslo suyanchiqlarigacha bo‘lgan masofa (G) ekran kengligiga (K) bog‘liq ravishda quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: - G f – 0,6K f dan kam emas; - G k – 0,84K k dan kam emas; - G o – 1,44K o dan kam emas. Kino proeksiya uskunalarini o‘rnatishda tomosha zalining parametrlari rasmda ko‘rsatilgan, bu yerda: - P – proeksion masofa, 0,85D dan kam emas; 64 - φ – kinoproektor optik o‘qining kinoekran markazidagi normaldan og‘ish burchagi; - φ g – 7 0 dan katta emas (klub va teatrlarda 9 0 dan kam bo‘lmasliliga yo‘l qo‘yiladi); - φ v – 8 0 dan katta emas; - φ n – 3 0 dan katta emas. K – proeksion nurning yuqori qismidan shipning eng yaqin yuzalarigacha bo‘lgan masofa – 0,6 metrdan kam bo‘lmasligi lozim; L – proeksion nurning pastki qismidan tomoshabinlar o‘rni zonasidagi polgacha bo‘lgan masofa – 1,9 metrdan kam bo‘lmasligi lozim; T – ekran orti bo‘shliqning chuqurligi: keng ekran bo‘lganida – 0,9 metr, keng formatli ekran bo‘lganida – 1,5 metr; R – ekran chekkasidan devorgacha masofa: yassi ekran uchun – 0,985 metrdan, egri chiziqli ekran uchun – 0,1K dan kam bo‘lmasligi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling